Qayerda: Turkiya

Ariza topshirish muhlatlari: Magistratura uchun: 5-fevral- 5 –mart 2018-yil; Bakalavr: 16-april- 14-may 2018-yil;

Kim uchun: bakalavr va magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar

Grant miqdori: To’liq qoplanadi

Umumiy ma’lumot:

Turkiya davlati Turkiyadagi nufuzli universitetlarda  ta’lim olish uchun xalqaro talabalarga grantlar dasturini taklif qiladi.

Grantlar dasturi  3 ta bosqich uchun o’qishga qabul qiladi:

  1. Bakalavr
  2. Magistratura

Dastur yo’nalishlari turlicha bo’lib, ular haqida har bir universitetdan kengroq ma’lumot olish so’raladi. Dastur san’at, sport, tibbiyot, qishloq xo’jaligi, gumanitar fanlar, ijtimoiy hamda ma’muriy soha,  ilm-fan va texnologiya, muhandislik, turk tili kabi keng yo’nalishlarni qamrab oladi.

Kim uchun:

Dastur barcha xalqaro talabalarga ochiq. Turkiyada o’qiyotganlar dasturda ishtirok eta olmaydi.

O’qish tili universitetga va arizachi tanlagan sohaga qarab turk, ingliz va fransuz, arab tillarida olib boriladi. Barcha ishtirokchilar, o’qish tili ingliz yoki boshqa tilda bo’lishiga qaramay, o’qish boshlanishidan oldin bir yil Turkiyada turk tilini o’rganishi lozim. Turk tilini o’rganish davomida ham barcha yashash, o’qish va boshqa xarajatlar dastur tomonidan qoplanadi. Arizachilardan turk tilini bilish talab etilmaydi (o’qish turk tilida bo’ladigan dasturlar uchun ham).

Dasturda ishtirok etadigan ba’zi universitetlar ayrim yo’nalishlardagi o’qishni ingliz yoki fransuz, arab tilida taklif etadi. Bu tildagi dasturlarda ishtirok etishni istovchilar bu tillarni bilishini tasdiqlovchi test natijalariga ega bo’lishi kerak (IELTS, TOEFL va fransuz tili uchun maxsus test natijalari). Turk tilidan boshqa tilda olib boriladigan dasturlar ba’zi yo’nalishlar uchun GRE, GMAT, SAT kabi xalqaro test natijalarini so’rashi mumkin. Ariza topshirish jarayonida universitet hamda undagi yo’nalishni tanlayotgan paytingiz bu haqda kengroq ma’lumot olishingiz mumkin.

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun talablar:

  • Turkiya davlati fuqarosi bo’lmasligi lozim;
  • Ariza topshirish jarayonida Turkiyadagi boshqa universitet talabasi bo’lmaslik;
  • O’rtacha bahosi 70 %dan kam bo’lmagan( sohalarga qarab farqlanadi);
  • 01.1996 dan keyin tug;ilgan bo’lish;

 Magistratura uchun talablar:

  • Turkiya davlati fuqarosi bo’lmasligi lozim;
  • Ariza topshirish jarayonida Turkiyadagi boshqa universitet talabasi bo’lmaslik;
  • 2016-yilning 30-iyuligacha bakalavr yoki magistratura diplomiga ega bo’lish;
  • Magistratura uchun ariza topshiruvchi 01.01.1987 yildan keyin tug’ilgan,
  • O’rtacha bahosi 75 %dan kam bo’lmagan;
  • Sog’lom bo’lgan shaxslar bo’lishi kerak.

Grant miqdori:

  • Bakalavr uchun 700, Magistratura uchun 950 turk lirasi miqdorida oylik stipendiya;
  • O’qish xarajatlari;
  • Bir yil bepul turk tili kurslari;
  • Tekin turar-joy;
  • Ishtirokchi davlatidan Turkiyaga kelib ketish xarajatlari;
  • Tibbiy sug’urta.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn tarzda SHU YERDA to’ldiriladi. Mazkur saytda onlayn ariza to’ldirish shaklini bosib, u yerda o’zingiz uchun sahifa (account) oching. Arizani to’ldirish jarayonida sizdan ilova qilinishi lozim bo’lgan hujjatlar so’raladi. Dasturda ishtirok etayotgan universitetlar hamda ularning yo’nalishlari haqida ariza jarayonida yoki SHU YERDA tanishib chiqishingiz mumkin.

Eslatma: Arizalar faqat elektron ko’rinishda qabul qilinadi. Pochta orqali yoki shaxsan arizalarni topshirish mumkin emas!

Savollar tug’ilsa info@turkiyeburslari.org elektron pochta manziliga xabar yo’llashingiz mumkin

ESLATMA: “Türkiye burslari Scholarships” dasturi doktorantura uchun ham mavjud, biroq O’zbekiston fuqarolari faqat bakalavr va magistratura bosqichlari uchun ariza topshirishlari mumkin