27-29 may kunlari O’zbekiston badiiy akademiyasi markaziy ko’rgazmalar zalida “To’y marosimi” an’anaviy 4- shou ko’rgazmasi o’tkaziladi. Ko’rgazma Inter Tashkent Expo, Savdo departamenti va “Kamolot” YoIH tashkiloti tomonidan tashkil etilmoqda. Shou-ko'rgazma milliy va yevropa dizaynidagi kelin ko'ylak liboslari namoyishini va bir qator yo'nalishdagi tanlovlarni o'z ichiga oladi. Bu ko’rgazmani sevgi va sog’inch fasli bo’lmish bahor mavsumida o’tkazish tadbir ishtirokchilarini yanada ijodiy ruhlantiradi. “To’y marosimi” shou- ko’rgazmasi dasturiga binoan quyidagi nominatsiyalarda bellashuv ko’rik-tanlovlari o’tkaziladi: • Kelin ko’ylaklari salonlari hamda dizaynerlari • Soch turmaklari va kelinlar pardozi ustalari • To’y dasturxonini bezash Bu kabi ijodiy shou-ko’rgazmani tashkil etishning maqsadi milliy va milliy bo’lmagan to’y marosimlarini yanada jozibali ko’rinishini va betakrorligini ta’minlovchi g’oyalar bilan tanishtirish hisoblanadi. Shuningdek,  ko'rgazma O'zbekiston to'y xizmatlari sanoati sohasini rivojlantirishning eng asosiy taraqqiyot omillaridan biri sifatida ximat qilmoqda. Ko’rgazmada betakror va original nusxadagi liboslar namoyish etiladi va eng zamonaviy pardoz usullari o’z kasbining ustalari tomonidan tanishtiriladi.

Gulhayo Qobilova