O'quvchi yoshlarni Qurolli Kuchlar saflariga - harbiy xizmatga, Oliy harbiy bilim yurtlariga kirishga tayyorlash maqsadida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan Mudofaa, Sog'liqni saqlash, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, Oliy tahlim vazirligi O'rta maxsus, kasb-hunar tahlimi markazi, Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi, O'zbekiston Mudofaasiga ko'maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti, «Nuroniy» jamg'armasi bilan hamkorlikda ko'p bosqichli «Shunqorlar» harbiy-sport musobaqalari bir necha yillardan buyon muntazam o'tkazib kelinmoqda. Musobaqalarda o'quvchilar jangovar va harbiy-sport bellashuvlaridan tashqari harbiy burch hamda harbiy-huquqiy bilimlar borasida ham kuch sinashadilar. Musobaqa kunlari o'quvchilar Qurolli kuchlar ichki tartib-qoidalari asosida kazarmalarda yashab, jangovar texnika, harbiy xizmatchilarning kundalik turmushi, harbiy xizmatning shart-sharoitlari bilan tanishadilar, ko'nikmalar hosil qiladilar. Ular avtomatni qismlarga ajratish-yig'ish, avtomatdan nishonga otish, 1 kilometrga yugurish, turnikda tortilish, granata uloqtirish, to'siqlararo o'tish, radioaloqa vositalaridan foydalanish, yozgi biatlon kabi turlarda bellashish orqali maktabda boshlang'ich harbiy tayyorgarlik yuzasidan olgan ko'nikmalarini amaliyotda isbotlashsa, siyosiy-huquqiy bilimlar tanlovida esa Vatanimiz tarixi, harbiy sohadagi Qonunlar, Nizomlar va boshqa mehyoriy hujjatlar yuzasidan bilimdonligi, askarlarning harbiy intizomi, majburiyatlari, harbiy burch, harbiy muomalasi, o'zida Vatanning Qurolli Kuchlariga muhabbat, komandirlar buyruqlarini so'zsiz bajarish, yuqori intizomli bo'lish kabi bilimlarini qaydarajada egallaganliklarini namoyon qiladilar. Musobaqalarning quyi bosqichlari respublikamizning viloyat va tumanlarida katta qiziqish hamda ko'tarinki ruhda o'tkazilib, ularda 50 mingdan ortiq o'rta maxsus kasb-hunar tahlimi tizimi talabalari ishtirok etadilar. Musobaqalar o'quvchi-talabalarning o'ziga xos fan olimpiadasi sifatida o'tkaziladi. Jumladan, «Shunqorlar» harbiy-sport musobaqalari yoshlarni harbiy xizmat va oliy harbiy bilim yurtlariga kirishlarida asosiy ahamiyat kasb etmoqda. manba: kamolot.uz