Respublika tashxis Markazi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli qarori asosida xalq ta'limi vazirligining 1999 yil 23 iyundagi 108-sonli buyrug’i bilan respublika iste'dod Markazi negizida tashkil etilgan. Xalq ta'limi Vazirligining 2001 yil 23 aprelidagi 64-sonli "Respublika o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis Markazi faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish to’g`risidagi buyrug’i bilan Markaz:-O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazi" deb qayta nomlandi va uning tuzilmasi tasdiqlandi. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi o’quvchi-yoshlarning kasb-hunarga yo’naltirish xizmatiga rahbarlik qiluvchi zveno hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlarida ko’zda tutilgan jamiyat ehtiyoji va mehnat bozori talablari asosida ularning o’z qiziqishlari, qobiliyatlari va sog’liqlariga mos bo’lgan kasb-hunarlarni tanlashlariga ko’maklashadi. Markaz o’quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va o’rnatilgan tartibda amalga oshirish, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining kasb-hunarga yo’naltirish respublika tizimini tashkiliy, ilmiy-metodik, axborot-ma'lumot va dasturiy ta'minlash maqsadida tashkil etilgan. Markaz yuridik shaxs hisoblanib, O’zbekiston Respublikasi davlat gerbining tasviri tushirilgan, tashkilotning to’liq nomi yozilgan dumaloq muhriga, shtampiga va peshlavhasiga ega. Markaz o’z mustaqil balansiga, O’zbekiston Respublikasi bank muassasalarida hisob-kitob raqamlariga ega, o’z faoliyatini davlat byudjeti, grantlardan, xo’jalik shartnomalaridan va boshqa manbalardan tushgan mablag’lar hisobiga amalga oshiradi. Markaz tuzilmasi va shtatlar jadvali o’rnatilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi. Markazning asosiy vazifalari O’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining tashkilot, muassasa va ta'lim muassasalarida kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis sohasiga oid yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; Barcha bosqichdagi o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik hududiy tashxis markazlari va ta'lim muassasalaridagi kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis ishlarini muvofiqlashtirish; Xalq ta'limi vazirligining barcha bosqichidagi hududiy o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari, ta'lim muassasalari uchun kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis xizmati faoliyatini tashkiliy, ilmiy-metodik, axborot ta'minotini amalga oshirish; Kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis ishlari holatini nazorat qilish, uni takomillashtirish choralarini ko’rish, tegishli dasturlar, me'yoriy hujjatlar va tavsiyalar ishlab chiqish; Mamlakatimizdagi va xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalarini umumlashtirish, ommalashtirish va hayotga tatbiq qilish. Barcha bosqichdagi o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik hududiy tashxis markazlari va ta'lim muassasalaridagi kasb-hunarga yo’naltirish vazifasi yuklatilgan mutaxassislarning malakasini oshirish bo’yicha chora- tadbirlar ishlab chiqish; Umumiy o’rta ta'lim maktablari o’quvchilarining hayotiy va kasbiy o’zligini anglash borasidagi ustuvor dasturlar va muammolar bilan ishlash. Respublika tashxis Markazi to`g`risida to`liq ma`lumotga ega bo`lish uchun Markazning Internetdagi www.tashxis.narod.ru saytiga tashrif buyuring. Manzil:Toshkent shahar, 100022,Yakkasaroy tumani,Qushbegi mavzesi, 16-A. Tel: 363-87-35, 250-18-59. E-mail: tashxis@bk.ru, tashxis_markazi@uzedu.uz, tashxis@bcc.com.uz