Qayerda: Toshkent shahri
Kim uchun: 21 yoshgacha bo’lgan yoshlar
Qachon: 4 mart, 2018 yil
Ariza topshirish muddati: 25 fevral, 2018 yil
Umumiy Ma’lumot: O’zbekiston Ingliz tili o’qituvchlari uyushmasida qoshidagi yosh liderlarni qo’llab-quvvatlash loyihasi (YLDP) 21 yoshgacha bo’lgan yoshlar uchun intellektual tanlovda ishtirok etish uchun arizalar qabulini e’lon qiladi. Tanlov rus va ingliz tillarida olib boriladi. 5 kishidan iborat jamoalarning ishtirokchilari intellektual savollarga javob beradilar va asosiy sovrin uchun kurashadilar.
Tanlovning maqsadi: Tanlovning asosiy maqsadi talabalarning turli qobiliyatlarini kashf qilish, imkoniyatlarini kengaytirishdir. Ilmiy ma’lumotlar va ilmiy faoliyatni targ’ib qilish. Shuningdek, iqtidorli va iste’dodli bolalarni aniqlash. Hamda, intellektual qobiliyatlarni rivojlantirishni rag’batlantirish. Ijodiy faoliyatni rivojlantirish. O’z-o’zini anglash va o’zini o’zi anglash uchun shart-sharoitlarni yaratishdir.
Tanlovning qisqacha mazmuni: UzTEA, YLDP, YLDP Atlas tomonidan uyushtirilayotgan yangi «Project X» loyihasi haqida sizlarga ma’lum qilishdan mamnunmiz.
Bu aqlni charxlash musoboqasi bo’lib, 5 ta ishtirokchidan iborat guruhlar qisqa vaqt ichida murakkab savollarga javob berishlari lozim. Musobaqa ingliz hamda rus tillarida o’tkaziladi. Ishtirokchilarning yoshi 21 dan oshmasligi lozim! Musobaqa 25 ta savollar hamda 2 ta bosqichdan iborat. Savollarga ko’p javob topa olgan guruh esa avtomatik tarzida g’oliblik sari peshqadam bo’laveradi. Musobaqa bir kun davomida o’tkaziladi va kun yakunida bitta g’olib jamoa aniqlanadi.
Lohiya yoshlarga guruh bo’lib ishlashni, tezkorlikni o’rgatibgina qolmay, o’zlarining liderlik qobiliyatlari hamda aqliy salohiyatlarini baholash uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.
Eslatma: O’rinlar soni cheklangan. Shu sababli, imkon qadar ertaroq ro’yxatdan o’tish tavsiya etiladi.
Ariza topshirish: https://goo.gl/forms/tQB0HQaAXL48MYl22
Elektron manzil: info.yldp@gmail.com

