Qayerda: Polsha
Ariza topshirish muhlati: 14-aprel 2017-yil
Kim uchun: barcha uchun
Umumiy ma’lumot:
Bu stipendiya dasturi turli xil davlatlar vakillarida xalqaro bilimlarni hamda munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, barcha rivojlanayotgan davlat vakillarini Polshada 6 oylik treyning davomida Texnologiya va Ingenering sohasida o’zlarining tadqiqot ishlarini qilish imkonini beradi.
Grant miqdori:
Dastur Polsha va YuNESKO tomonidan ta’minlanib, turar joy, safar, ta’lim xarajatlari va 1600 PLN ( 4PLN=1$) miqdordagi oylik stipendiya bilan ta’minlaydi.
Kim uchun:
- Nomzod kamida bakalavr bosqichini tamomlagan bo’lishi lozim.
- Ingliz tilini bilishi lozim.
- Sog’lom bo’lishi lozim.
- Qo’shimcha talablar tadqiqot qilinadigan sohaga qarab talab qilinishi mumkin.
Hujjat topshirish tartibi:
Nomzod quyidagi barcha hujjatlarni belgilangan kungacha o’zlarining mamlakatlardagi YuNESKO offisiga hamda elektron pochtaga jo’natishi lozim.
- YuNESKO stipendiya dasturi uchun anketani tibbiy qismi bilan to’liq to’ldirilgan shakli;
- 2 ta nomzodning 3×4 rasmi;
- Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi hujjat;
- Ta’lim darajasi haqidagi hujjat ( Bakalavr, Magistratura)
- 2 ta tavsiyanoma;
Shu bilan birga dastur uchun SHU YERDA onlayn ro’yhatdan o’tish lozim.
YuNESKO ning O’zbekistondagi manzili: Tashkent shahri, Ergashev ko’chasi, 9, 100084
Telefon: + 998 71 120 71 16
Fax: + 998 71 120 71 59
E-mail: tashkent@unesco.org
Stipendiya uchun taqdim qilingan ilova: SHU YERDA
Batafsil ma’lumot: SHU YERDA