Jahon tillari universiteti huzuridagi “O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli elektron jurnali va internet portali tashabbusi bilan ” My First President” mavzusida ingliz tilidagi insholar tanlovi e’lon qilindi.
Respublikaning barcha talaba-yoshlari o‘rtasidagi o‘ziga xos tanlov O‘zbekiston respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlanadi. Unda talabalar mamlakat hayotida yuqori o‘rin tutgan buyuk shaxsning kelajak avlod uchun yaratgan imkoniyatlari, har bir yosh iste’dod uchun kerakli bo‘lgan da’vatlari, bosib o‘tgan hayot yo‘lidagi ibratli jihatlar aks ettiriladi. Insholar O‘zDJTUning ingliz tili sohasida uzoq yillik tajribaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilari hamda tilshunoslardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan mazmun, imlo va orginallik ko‘rsatkichlari bilan saralanib, “O‘zbekistonda xorijiy tillar” internet portalining maxsus ruknida e’lon qilinadi.Eng yaxshi deb topilgan insholar O‘zDJTU va Fledu.uz portali hamkorligida nashr etilishi ko‘zda tutilayotgan alohida to‘plamdan joy oladi. Insholar tanlovining aynan ingliz tilida o‘tkazilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad, xalqaro jamoatchilikka nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyo siyosiy hayotida muhim o‘rin tutgan beqiyos shaxs haqida yosh avlodning o‘y-fikrlarini yetkazib berish, respublikaning birinchi prezidenti tomonidan 2012-yilning 10-dekabrida e’lon qilingan “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №1875-son qarori asosida mamlakatimizda xorijiy tillar yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlarni yangi darajada namoyon etishdan iborat.Insholar tajribali hakamlar hay’ati tomonidan saralanib, “O‘zbekistonda xorijiy tillar” (www.fledu.uz) internet portalining maxsus ruknida e’lon qilib boriladi.
Eng yaxshi deb topilgan insholar nashr etilishi ko‘zda tutilayotgan alohida to‘plamdan joy oladi. Insholar quyidagi mezonlar asosida saralanadi: • Mazmunan boy, fikrlar izchilligi; • Imlo xatolarisiz; • Original, kreativ yondashuv; • Insho yozish talablari asosida • A4 formatida1 varaqdan kam bo‘lmasligi. Insholarni topshirish muddati: 09.09.2016 dan – 30.09.2016 gacha Insholaringiz, o‘zingiz haqingizdagi qisqacha ma’lumot va telefon raqamingizni quyidagi manzilga yuboring: elektronjurnal@mail.ru yoki pochta manzili yoki +998911632850 Telegram’ manzili. manba