Qayerda: O’zbekiston
Ariza topshirish muhlati: 2018-yil 12-fevral
Grant turi: Tanlov
Umumiy ma’lumot: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi Respublika yosh ijodkorlar kengashi «Navoiy mening oilamda» mavzusidagi videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov ikki xil:
- «Eng yaxshi g‘azalxon oila» va
- «Eng yaxshi navoiyxonlik kechasi» yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etishni istovchilar Oila a’zolari bilan birga Navoiy g‘azallarini o‘qiganliklari yoki Navoiyxonlik kechasi tasvirlangan videoroliklar bilan ishtirok etishlari mumkin.
- Tanlov g‘oliblari quydagicha mukofotlanadi
- 1-o‘rin; Kompyuter (Monoblok)
- 2-o‘rin; Noutbuk
- 3-o‘rin; Planshet
Videoroliklar yoshijodkor@umail.uz elektron pochta manzili va Respublika yosh ijodkorlar kengashining telegramdagi kanali @ijodkorlarkengashi orqali 2018-yil 12-fevralga qadar qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumot uchun Telegram orqali murojaat qilishingiz mumkin: @ijodkorlarkengashi
Telefon: Tel: +99890 971 22 13

