O‘zbekiston «Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Respublika Markaziy banki, Savdo-sanoat palatasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, „Mikrokreditbank”, “Agrobank”, „Qishloq qurilish bank”, “Ipoteka bank”, »O‘zbekiston sanoat-qurilish banki”, «Asaka” kabi tijorat banklari, Fermerlar Kengashi hamda Hunarmand uyushmasi bilan hamkorlikda
"Mening biznes g‘oyam” tanlovini e'lon qiladi.
Tanlovdan ko‘zlangan maqsad: kasb-hunar kollejlari va akademik lisey bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, kasanachilikni rivojlantirish, yoshlarga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishda mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratishdan iborat.
Tanlov respublika miqyosida
fevral-may oylari davomida 3 bosqichda tashkil etiladi.
Unda respublikamizdagi barcha kasb-hunar kolleji va akademik liseylarining bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun anketalar joriy yilning
1-fevralidan 1-apreliga qadar «Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining hududiy hamda mahalliy Kengashlarida qabul qilinadi.