Menedjmentni rivojlantirish Singapur universitetining Toshkent filialida 22 may kuni “Magistlar kuni ” bo’lib o’tdi. “Magistlar kuni” nomli ochiq eshiklar kuni MDIS Toshkent filialida magistratura bosqichida tahsil olishni rejalashtirayotgan barcha O'zbekiston yoshlari va chet ellik qiziquvchilar uchun tashkil etildi. Unda institutning magistratura bosqichida ta’lim olish uchun yaratilgan imkoniyatlar va kirish imtihoni talablari bilan yoshlar atroflicha tanishtirilib o’tildi. Shuningdek, yoshlar o’zlarining savollariga institut xodimlaridan to’liq va batafsil javoblar olishdi. Jumladan, institutda 2 yo’nalish , ya’ni 1. Bank ishi va moliya 2. Marketing yo’nalishlarida magist darajasini olish imkoniyati mavjuddir. MDIS Toshkent filialida magistratura bosqichi jami 15 oy davom etadi va o’quv jarayoni so’nggidagi natijalarga ko’ra xalqaro MDIS magistlik diplomi va sertifikati bilan taqdirlanadilar. Magistratura bosqichining tahsil qiymati bakalavtiat bosqichidan farqli ravishda 8,900 AQSH dollari etib belgilangan. Magistratura bosqichi o’quv dasturi 8 modul bo’yicha rivojlantirish kurslari va 1 dissertatsiya yozish jarayonini o’z ichiga oladi.
Gulhayo Qobilova