Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi qoshidagi Ta’lim markazi 2017 yil 2-semestriga koreys tili kurslari uchun tinglovchilar qabuli haqida e’lon qildi.

1-kurs uchun arizalarni qabul qilish:

Sana: 16-23 avgust, www.tashkec.uz saytida ro‘yxatga olinadi.

Kompyuter qur’asi o‘tkaziladigan sana: 25 avgust (15:30 da).

1-kursga qabul qilinganlar ro‘yxati 28 avgust kuni 10:00 da e’lon qilinadi. Ro‘yxat Ta’lim markazi e’lonlar taxtasi va www.tashkec.uz saytida e’lon qilinadi.

2- va undan yuqori kurslar uchun arizalar qabul qilish:

21-23 avgust kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha (12:00- 13:30 tushlik vaqti) Ta’lim markazi binosi 1-qavat 100-auditoriya.

  • ariza topshirish uchun 1 dona pasport nusxasi (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma);
  • rangli surat (3x4mm) – 4 dona.
  • koreys tili kurslari sertifikati yoki TOPIK sertifikati.

(Ariza shaklini www.tashkec.uz saytidan ko‘chirib olish mumkin).

2-semestr koreys tili kurslarining ochilish marosimi 31 avgust kuni 15:30 da boshlanadi.

Mashg‘ulotlar 4 sentyabrdan jadval bo‘yicha o‘tkaziladi.

Kurslarga 13 yoshdan katta bo‘lganlar qabul qilinadi. 1-kursdan boshqa barcha bosqichlarga kirish uchun koreys tili kurslari sertifikati yoki TOPIK sertifikati talab qilinadi.

Koreya Respublikasida o‘qishga ketuvchi talabalar uchun guruhga Ta’lim markazi 6-kursi bitiruvchilari yoki TOPIK 3 va undan yuqori daraja olgan talabalar qabul qilinadi.

Qur’a natijalari to‘g‘risida telefon orqali ma’lumot berilmaydi.

Mashg‘ulotlarning birinchi kunida qatnashmagan, shuningdek 3 ta mashg‘ulotni qoldirgan, semestr davomida o‘qishni tashlab ketgan tinglovchilar guruhlardan chetlatilib, keyingi semestr uchun hujjat topshirish huquqidan mahrum etiladi.

Koreys tili kurslariga ro‘yxatga o‘tish uchun:

1. Koreya Respublikasi Ta’lim markazi saytiga (www.tashkec.uz) kirib, “Registratsiya na kursi koreyskogo yazika” (“Koreys tili kurslariga ro‘yxatdan o‘tish) bo‘limini bosish;

2. Barcha bandlarni pasport ma’lumotlari bo‘yicha to‘ldirish, “Izobrajeniye” (“surat”) bo‘limiga rasmni (rasm hajmi 3×4 sm, olti oy muddat ichida tushirilgan bo‘lishi kerak) yuklash va saqlash;

3. Saqlashdan keyin ekranda to‘ldirilgan anketa paydo bo‘ladi. Uni yana bir marta tekshirib, chop etib olish kerak (Xato aniqlangan taqdirda “Redaktirovat” (“Tahrirlash”) tugmasini bosib, to‘g‘irlash lozim);

4. Birinchi mashg‘ulotda mazkur anketa, pasport (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma) nusxasini, 2 ta fotosuratni (3×4 sm) Koreyya Respublikasi Ta’lim markaziga topshirish talab etiladi.

Manzil: Toshkent, Mirobod tumani, Tallimarjon ko‘chasi 3-uy (mo‘ljal: “Elektroapparat” zavodi, Risoviy bozor).

Qo‘shimcha axborotlar uchun telefon raqami: 291-81-82(3)

Manba: Arirang.uz