Qayerda: Janubiy Koreya

Kim uchun: Bakalavr bosqichida o‘qishnixohlovchilar uchun

Hujjat topshirish muddati: 2018-yilning bahorgi semestrida o‘qishni boshlamqochi bo‘lganlarga – 2017-yilning 29-oktabrigacha; 2018-yilning kuzgi semetrida o‘qishni boshlamoqchi bo‘lganlarga – 2018-yilning 29-iyunigcha

Umumiy  ma’lumot:

Koreya ilg‘or texnologiyalar va fan instituti (KAIST- Korea Advanced Institue of Science and Technology)  2018-yilning bahorgi yoki kuzgi semesterida o‘qishni boshlovchi akalavr bosqichi talabalari uchun stipendiya dasturini e’lon qiladi. Ushbu dasturda Janubiy Koreyadan tashqari barcha davlat fuqarolari qatnashishi mumkin.

Ta’lim olish sohasi:

Nomzod Institutda mavjud bo‘lgan har qanday fakultet (yo‘nalishdan) lardan birida ta’lim olish uchun hujjat topshirishi mumkin.

Iqtisodiy ta’minoti:

Stipendiyani qo‘lga kiritgan nomzod quyidagi moddiy ta’minotlar bilan ta’minlanadi:

  • Institutda ta’lim olish puli (tuition fee) – 4 yillik kontrakt puli to‘lab beriladi;
  • Koreyada hayot kechirishi uchun nomzod oylik stipendiya bilan ta’minlanadi. Miqdori – bugungi kurs bilan 174-305 AQSh dollari;
  • Tibbiy sug‘urta xarajatlari to‘lab beriladi.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Nomzod Janubiy Koreya fuqarosi bo‘lmasligi lozim;
  • Nomzod Koreya ilg‘or texnologiyalar va fan institutining bakalavr bosqichiga qabul qilinish uchun qo‘yilgan talablariga to‘la mos bo‘lishi lozim;
  • Nomzod 2018-yilning bahorgi yoki kuzgi semestrida o‘qishniboshlashi lozim;
  • Talaba sifatida institutda o‘qish davomida nomzod Institutning 4.3 lik baholash tizimida kamida 2.7 ballik o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini qayd etishi lozim.

Topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatar:

Topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va hujjat topshirish jarayoni haqidagi to‘liq ma’lumot bian SHU YERDA tanishing.

Har bir hujjat topshiruvchi nomzod ro‘yxatdan o‘tish pulini to‘lashi lozim (80 AQSh dollari).

Batafsil SHU YERDA tanishing.