“Iste`dod” jamg`armasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish maqsadida 2003 yilning 1 iyulida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

Jamg’armaning asosiy maqsadlari mamlakatimizning intellectual salohiyatini, fan, pedagogika va iqtisodiyotimiz rivojlanishi darajasini jahonning eng ilg`or ilmiy izlanishlari va yuqori texnologiya yutuqlari darajasiga ko`tarish, O`zbekistonda chuqur tarixiy ildizlarga ega va respublikamiz taraqqiyoti uchun muhim bo`lgan ilm-fan yo`nalishlarining barqaror rivojlanishini ta`minlashda faol ishtirok etish, dunyoda e`tirof etilgan nufuzli oliy ta`lim va ilmiy markazlar bilan amaliy hamkorlik o`rnatish shuningdek, mamlakat ta`lim va ilmiy muassasalarida pedagogik va ilmiy faoliyat borasida muayyan yutuqlarga erishgan, ilmiy izlanishlarni boshlagan, yuksak ijodiy salohiyat va qobiliyat sohiblari bo`lgan istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning iste`dodini rivojlantirish,ularning Jamg`arma grantlari asosida taraqqiy topgan davlatlarning ilg`or ta`lim va ilmiy muassasalarida nazariya va amaliyotining zamonaviy yo`nalishlari bo`yicha malaka oshirish hamda maqsadli tajriba orttirishiga, O`zbekistonning barqaror rivojlanishi uchun ustuvor yo`nalishlar bo`yicha bilimini chuqurlashtirishiga, progressiv ilmiy izlanishlarda ishtirok etishiga ko`maklashish hisoblanadi. Shu kunga qadar “Iste’dod ” jamg’armasi dunyoning nufuzli oily o’quv yurtlari, jumladan Garvard Universiteti, Kembridj Universiteti, Vestminster Universiteti, Bonn Universiteti, Malaga Universiteti, LogMan Akademiyasi, Moskva Davlat Universiteti, Tokyo Universiteti va shu kabi boshqa o’quv dargohlari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. 2003 yilning 26 avgustidan e`tiboran O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste`dod” Jamg`armasi qoshida Masofali o`qitish markazi tashkil etildi. Markazning o’ziga xos jihati shundan iboratki, u faoliyati davomida O`zbekiston Respublikasida fan va maorif tizimini rivojlantirish hamda modernizatsiyalash, jamiyat ehtiyojlarini qondirish, axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun sharoit yaratish hamda malakali, madaniy va axloqan rivojlangan yetuk kadrlar tayyorlash bilan shug’ullanadi. Bundan tashqari, jamg’armada axborot texnologiyalari va masofali o'qitish, innovatsion taxnologiyalar va ta’lim muassalari boshqaruvi yo’nalishlarida kurslar tashkil qilingan.

Gulhayo Qobilova