Qayerda: O‘zbekiston
Kim uchun: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun
Hujjat topshirish muhlati: 2018-yilning 22-fevrali 23:00 gacha
Umumiy ma’lumot: Islom Karimov nomidagi fond oliy o‘quv yurtlari talabalri o‘rtasida insholar tanlovi o‘tkazilishini ma’lum qildi. Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodning respublikamiz yangi tarixi xususidagi hamda mamlakatimiz davlat mustaqilligini qaror toptirish, xalqaro barqarorlikni ta’minlash va Vatanimizning tarixiy-madaniy merosini qayta tiklashda Islom Karimovning tarixiy xizmatlari borasidagi bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Mukofotlar: Tanlov g‘oliblariga quyidagi sovrinlar topshiriladi:
I o‘rin. 7 000 000 so‘mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan Apple MacBook Air 13 8/256 GB noutbuki.
II o‘rin. 6 000 000 so‘mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan Apple iRad Pro 10.5 4G 256GB plansheti.
III o‘rin. 5 000 000 so‘mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan iPhone 8 64 GB smartfoni.
IV-X o‘rinlar. Rag‘batlantiruvchi sovg‘alar – Fond logotipi tushirilgan Kindle bukriderlari.
Insho mavzulari: Talabalar quyidagi mavzulardan biriga insho yozishi mumkin:
1. «Mustaqil O‘zbekiston davlati shakllanishida Prezident Islom Karimovning roli».
2. «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatda: Birinchi Prezidentning mintaqaviy va global xavfsizlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi».
3. «Islom Karimovning O‘zbekiston xalqi ma’naviy qadriyatlari, milliy g‘ururi hamda qadr-qimmati, tarixi va madaniyatini qayta tiklashdagi o‘rni».
Mualliflardan tanlangan mavzu mohiyatini to‘liq ochib berish hamda fikr-mulohazalarni izchil va xatosiz bayon qilish talab etiladi.
Kimlar qatnahishi mumkin: Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtarida yoki O‘zbekiston Respublikasi xududidagi chet el oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin. Har bir qatnashchidan faqat bitta insho qabul qilinadi.
Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Tanlovning birinchi bosqichida insho matnining hajmi jihatdan talablarga javob berishi hamda imloviy xatolar yo‘l qo‘yilmagani jihatidan tekshiriladi.
Ikkinchi bosqichda mavzularning to‘la ochib berilishi, insho matni haqiqattan ham muallifga tegishli ekanligi, ya’ni plagiatga yo‘l qo‘yilmaganligi tekshiriladi, fikrlarning ravon va izchil bayon etilgan, keltirilgan faktlarning o‘rinli va ahamiyatli ekani jihatidan tekshiriladi.
Inshoga qo‘yilgan talablar:
- Insho hajmi 2000 so‘zdan (5 sahifaga qadar) oshmasligi lozim;
- Insholar o‘zbek yoki rus tilida yozilishi mumkin;
- Insholar Times New Roman shriftida 12-chi keglda yozilishi kerak.
Topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar: Quyidagi hujjatlar info@fondkarimov.uz elektron manzilga 2018 yil 22 fevral 23.00ga qadar yuborilishi zarur:
- Insho;
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport);
- Oliy o‘quv yurtida tahsil olayotganini tasdiqlovchi hujjat (talabalik guvohnomasi).
Insholarni o‘rganish, tahlil etish va baholash 22 fevraldan 12 martga qadar amalga oshiriladi. Tanlov natijalari va g‘oliblar 2018 yil 12 mart kuni Fondning rasmiy saytida www.fondkarimov.uz e’lon qilinadi.
G‘oliblar tantanali ravishda taqdirlanadi. Taqdirlash joyi va sanasi keyinroq ma’lum qilinadi.
Batafsil SHU YERDA tanishing.