Qayerda: AQShda
Ariza topshirish muhlati: 2017-yil 5-fevral 12.00 gacha
Kim uchun: Quyidagi davlatlar fuqarolari bo’lgan xalqaro talabalar: Xitoy (XXR), Kambodjia, Sharqiy Yevropa, Laos, Lotin Amerikasi, Karib dengizi hududi, Mo`g`uliston, Sahroi Kabir Afrikasi, MDH mamlakatlari, Vyetnam
Grant miqdori: 2017-2018 o`quv yiliga jami 18 kredit soatini qoplovchi uchta grant beriladi. Kitoblar, yashash, va shu kabi boshqa harajatlar nomzodning o`zi tomonidan qoplanishi kerak. Ushbu grant har yili yangilanadi va magistrantlarga maksimum 3 yil, doktorantlarga maksimum 5 yil muddatga beriladi. Yangilanish grant sohibining o`qish baholariga bog`liq (GPA 3.0 va undan yuqori).
Grant turi:
- Magistratura uchun
- Doktorantura uchun
Granti faqat bitta bosqich (magistratura yoki doktorantura) ni o`qish uchun olish mumkin xolos. Grant faqat kuzgi va bahorgi semestrlar uchun beriladi. Yozgi semestrlar uchun grant masalasi muhokama ostida.
Umumiy ma’lumot:
Maqsad:
- Xalqaro Yetakchilar Harakati Jorj Vashington Universiteti tominidan chet ellik bakalavr bitiruvchilariga (magistratura va doktorantura uchun) beriladi.
- Bu talabalar ta’lim olganlaridan keyin o`z vatanlariga qaytishlari va orttirgan bilim va ko`nikmalarini u yerdagi muammolarni hal qilishda qo`llashlari shart.
- Bu Harakat avval AQSh hududida ta’lim olmagan yoki ishlamagan talabalar uchun.
Talabalar faqat F-1 (Fullbright granti g`oliblariga J-1 mumkin) vizasiga ega bo`lishlari kerak.
Talabalar magistratura yoki doktoranturaga Foggy Bottom kampusi hududidagi universitetlarga o`qishga qabul qilingan bo`lishlari kerak. Foggy Bottom kampusi hududida quyidagi universitetlar joylashgan:
- College of Professional Studies
- Columbian College of Arts and Sciences
- Elliott School of International Affairs
- Graduate School of Education and Human Development
- School of Business (Executive Education program is not eligible)
- School of Engineering and Applied Science
Talabalar Ingliz tili bilimi bo`yicha IELTS 7.5 yoki TOEFL 100 (internet imtihonida) / 600 (qog`oz imtihonida) ko`rsatkichlariga ega bo`lishlari kerak.
Hujjat topshirish tartibi:
Hujjatlar elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron arizani ushbu manzilda topshirish mumkin.
Arizani qanday to’ldirilishi haqida ushbu qo’llanmadan javob topishingiz mumkin.
Universitetga qabul qilingan talabalar yakuniy qarorlarni 2017-yil 7-apreligacha oladilar.
Sohalar va universitetlar haqida to’liq ma’lumot SHU YERDA.
Hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumotni SHU YERDAN olishingiz mumkin.
To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

