Qayerda: Germaniya

Ariza topshirish muhlati: 17.11.2017, 12:00

Kim uchun: OTMlarning barcha bakalavr II-III kurs talabalari va magistratura I kurs talabalari

Davomiyligi: 3-4 hafta

Umumiy ma’lumot: DAAD (Deutscher Akademischer Austauschdienst – Germaniya Akademik Almashinuv Xizmati) har yili Germaniyaning OTMlarida yozgi til kurslari uchun stipendiya dasturlarini e’lon qilib boradi. Bu yil ham navbatdagi stipendiyalar e’lon qilmoqda. Har yili DAAD grantlarini yutib olish va Germaniyaning OTMlarida yozgi kurslarda o’qish uchun dunyo bo’ylab minglab nomzodlar ariza topshiradilar. Ular orasidan eng kuchlilargina saralanib olinadi. Bundan maqsad, nemis tili o’rganuvchilarining til bilish darajasini oshirish. Buning uchun siz bakalavr II-III kurs talabasi bo’lishingiz hamda yaxshi darajada nemis tili bilimingiz bo’lishi talab etiladi.

Diqqat! Arizalar www.portal.daad.de. orqali FAQAT onlayn topshiriladi.

www.portal.daad.de.da ro’yxatdan muvaffaqiyatli o’tgandan so’ng, arizachi ariza formularini (Bewerbungformular) yuklab oladi va to’ldiradi hamda har bittasi alohida (faqat pdf shaklda) portalga qayta yuklanadi. To’liq ariza xujjatlarini 4 nusxada Germaniya elchixonasiga topshirasiz.

Yozgi kurslar ro’yxatini qayerdan topaman?

www.daad.de/hsk-kursliste

Diqqat! Ariza beruvchi quyidagi belgi  bilan belgilangan kurslarni tanlashlari kerak.

Kerakli xujjatlar:

  1. Ariza formularini (Bewerbungformular – ya’ni, portalda dastur bo’yicha qidirib topilgan, saqlab olinib, to’ldirilib va yana qayta yuklab, chiqarilgan). E’tibor bering: kurslarni tanlashda faqat avgust (2018) oyidagi kurslarni tanlang. Kurslar narxlariga ham e’tibor bering.
  2. Tarjimai hol (www.europass.de nemis tilida) (rasm, sana va imzo bo’lishi shart)
  3. Motivatsiya xati (imzo bilan). Bunda siz nima uchun kursda qatnashmoqchiligingizni asoslab berishingiz kerak. Shrift: Times New Roman 12 yoki Arial 11.
  4. Tanlangan yozgi kurslarning tavsifi: kurs nomi, kursning mazmuni va davomiyligi. Til darajasi va narxlari. Tanlangan kurslar ariza formularidagi kurslar bilan mos tushishi kerak.
  5. Reyting dartari kopiyasi va uning nemis tiliga NOTARIAL tasdiqlangan tarjimasi.
  6. Quyida berilgan mavzuga insho yozish (nemis tilida!):

            Was denkst du über die Einführung von Studiengebühren in Deutschland: Ist es vernünftig, weil gute Bildung finanziert werden muss oder ist es nicht gut, weil es ungerecht gegenüber ärmeren Familien ist?

O’z fikringizni ushbu berilgan mavzu bo’yicha ifodalab, yoritib bering.

  1. Nemis tili sertifikati: TestDaF, DSD, yoki OnDaF! Til sertifikati ham qo’shib topshirilishi kerak.

Izoh: OnDaF ekzameni Toshkentda 18-sentabr kuni bo’lib o’tadi. Qatnashish uchun oldindan www.ondaf.de saytida ro’yxatdan o’tish kerak.

  1. O’qiyotgan oliygohingiz professor-o’qituvchisidan TAVSIYANOMA.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

Jahongir Eshnazarov tayyorladi.