9-11 may kunlari “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi , “Osiyo ramzi” modelyerlar assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida “Bolajonlar-shirintoylar – 2010” bolalar liboslari festivali bo‘lib o‘tdi.

Festivalda Toshkent tekstil va yengil sanoat instituti va Kamoliddin Behzod nomidagi san’at va dizayn milliy instituti talabalari, bir qator litsey va kollej talabalari o’z dizayn namunalari bilan ishtirok etishdi.Festival mavzusi bolalar kiyimi bo’lgani sababli yosh avlod uchun qulay va mos kiyimlar namoyishi ommaga havola etildi. Namunalar ko’plab yo’nalishlarda taqdim etilgan, jumladan, milliy va sport liboslari, homilador ayollar va maktab o’quvchilari uchun avangard uslubda yaratilgan.Shuningdek, gimnastlar va kurashchilar, atletlar liboslariga ham alohida e’tibor berildi. Eng yaxshi namunalar maxsus nominatsiyalar bo’yicha taqdirlandilar. Liboslarni ijod markazlarining tarbiyalanuvchilari va sport maktablari o’quvchilari namoyish etishdi. Festival davomida ko’plab yosh va qobiliyatli dizaynerlar nomlari kashf etildi.

Festival yakuniga ko‘ra yosh dizaynerlar – Malika Sayfullayeva “Bitiruv oqshomi”, Olga Yaikova “Toshkent ko‘chalari”, Mohinur Yusupova “Ko‘rkam liboslar”, Alisher G‘iyosov “Sport uslubi”, Zarina Qodirova “Bo‘lajak ona”, Yulduz Xudoyberdiyeva “Milliy matolardan foydalanish”, Nodira Rixsiyeva “Milliy uslub”, Aziza Izomova “Yosh dizayner”, Mastura Bahodirova “Yozgi hordiq”, Diyora Karimova “Sport liboslari” kabi yo‘nalishlarda g‘olib deb topildi. Kiyimlar taqdimoti bilan bir qatorda yosh avlod liboslarining nazariy muammolariga bag’ishlangan ilmiy konferensiya ham bo’lib o’tdi. Konferensiyada yosh tadqiqotchilar, bakalavr va magistratura bosqichi talabalari bolajinlar kiyimlarini yanada qulaylashtirish va zamonaviylashtirish masalalari bo’yicha o’z fikrlarini bildirib o’tdilar.

Gulhayo Qobilova