Ajdodlar merosi – kelajak poydevori
14 Май, 2010-г.
Другие
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Xalq ta’limi vazirligi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi hamkorligida “Ajdodlar merosi – kelajak poydevori” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari A.Xolbekov mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarni barkamol etib tarbiyalash yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi doirasida tashkil etilgan tanlovning hududiy bosqichlarida mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan 40 ming nafardan ortiq o‘quvchi qatnashdi. Yakuniy bosqichda ishtirokchilarning O‘zbekiston tarixi, o‘zi yashab turgan hududning urf-odatlari, etnografiyasi va toponomiyasi haqidagi bilimi sinovdan o‘tkazildi. Namangan viloyatining “Boburmirzo” jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Xorazm viloyatining “Beruniy avlodlari” jamoasi birinchi, Farg‘ona viloyatining “Temuriylar”, Buxoro viloyatining “Sohira” jamoalari ikkinchi, Navoiy viloyatining “Oltin meros”, Sirdaryo viloyatining “Qomus”, Surxondaryo viloyatining “Surxon” jamoalari uchinchi o‘rinni egalladi.
manba: uza.uz
7477