Umumiy ma’lumot: Tailandning International School Eastren Seabird universiteti bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun ta’lim granti e’lon qiladi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Iqtisodiy ta’minot: Ushbu grantni qo’lga kiritgan talaba quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Kontrakt puli to’liq to’lab beriladi;
  • Nomzod vatanidan Banggokka kelish va ketish xarajatlari qoplanadi;
  • Turar joy bilan ta’minlanadi;
  • Tailandda hayot kechirish uchun oylik stipendiya bilan ta’minlanadi;
  • Sotib olinishi kerak bo’lgan kitoblar uchun to’lov puli ajratiadi;
  • Tibbiy sug’urta xarajatlari qoplanadi.

O’qish sohasi: Quyidagi sohani tanlaganlar ushbu grantga qatnasha oladi:

  • Aerospace engineering (AERO)
  • Nano engineering (NANO)
  • Information and communication engineering (ICE)
  • Automotive design and manufacturing engineering (ADME)

Dasturga qabul qilinishi mo’ljallangan talabalar soni: 100 ta.

Nomzodga qo’yilgan talablar:

  • Nomzod 25 yoshdan oshmagan bo’lishi lozim.
  • Kollej/litseyda oxirgi 4 semestrda olgan baholarining o’rtachasi 4 lik sistemada 3.5 dan (5 lik sistemada 4.4 dan) past bo’lmasligi lozim.
  • Nomzod ham jismoniy, ham ruhiy sog’lom bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini bilish darajasi isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi lozim. Minimal ballar: TOEFL (iBT) score not less than 80 or IELTS score not less than 6.0.
  • Nomzod matematikadan SAT testini topshirgan bo’lishi (topshirishi) lozim. Minimal ballar: SAT (Math) and SAT II (Math Level II) score not less than 600 (each).
  • Nomzodning SAT testidagi fizika va kimyo ballari 600 dan past bo’lmasligi lozim (Science: SAT II (Physics and Chemistry) not less than 600 (each)).

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  • Maxsus ariza, to’ldirilgan va yaqinda olingan surati qo’yilgan bo’lishi kerak.
  • CV (tarjimai hol) va Maqsad izohi (Statement of Purpose).
  • Kollej/litseyda olgan baholari – ingliz tilida.
  • Ikkita tavsiyanoma – o’qituvchi yoki dekandan.
  • Pasport nusxasi.
  • TOEFL yoki IELTS, Matematika (SAT I va II), Fizika (SAT II) va Kimyo (SAT II) dan sertifikatlar.
  • Tibbiy ma’lumotnoma.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim va ular onlayn tarzda topshiriladi. O’qish ingliz tilida bo’ladi.