O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2019-yilning 20-fevral kuni “Fan va ilmiy-tadqiqotlar” yo‘nalishi bo‘yicha stipendiyalar saralash tanlovini e’lon qildi.

Fanning turli yo‘nalishlari bo‘yicha aynan Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlari uchun 49 ta nomzodga stipendiya ajratilgan.        

Hujjatlar 2019-yil 20-fevralidan 30-martiga qadar elektron tarzda qabul qilinadi.

Tanlov to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni “El-yurt umidi” jamg‘armasining http://eyuf.uz/ saytidan olishingiz mumkin.