O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi  hamkorligida tashkillashtirilgan “Yosh innovatsiyachi” ko’rik-tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovning maqsadi “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash hamda yosh avlodning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini har tomonlama rag‘batlantirish.
Grant kimlar uchun?

Kasb-hunar kolejlari o’quvchilari uchun

 


Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov qatnashchilarining hujjatlari ishlab chiqarish va servis, turizm, va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar yo’nalishlarida ko’rib chiqiladi. G’oliblarga ta’sischilarning mahsus yillik stipendiyalari topshiriladi:

    Birinchi o‘rin uchun (ta g’olib) – 200 (ikki yuz) ming so‘m miqdorida;
    Ikkinchi o‘rin uchun (2ta golib) – 150 (bir yuz ellik) ming so‘m miqdorida;
    Uchinchi o‘rin uchun(3ta g’olib) – 100 (yuz) ming so‘m miqdorida keyingi o‘quv yili davomida har oy stipendiya beriladi.
    Shuningdek, Ko‘rik-tanlov g‘oliblariga “Yosh innovatsiyachi” Respublika ko‘rik-tanlovining g‘olibi Guvohnomasi (Diplom) beriladi.
    Ko‘rik-tanlovda faol ishtirok etgan ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ham mukofotlanadi:

“Eng yosh innovatsion g‘oya muallifi” nominatsiyasi;
“Eng samarali innovatsion loyiha muallifi” nominatsiyasi;
“Kichik biznes uchun eng istiqbolli innovatsion loyiha muallifi” nominatsiyasi;
“Eng yaxshi innovatsion ishlanma muallifi” nominatsiyasi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan respublika bo‘yicha har bir yo‘nalishdan 6 nafardan g‘olib deb topilgan (1 ta I-o‘rin, 2 ta II-o‘rin hamda 3 ta III-o‘rin) jami 18 nafar o‘quvchiga keyingi o‘quv yilida stipendiya beriladi.
Talablar:

Nomzod O’zbekiston Respublikasi hududidagi kasb-hunar kollejlaridan biri o’quvchisi bo’lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:

Qatnashish uchun zaruriy hujjatlar

    Passport yoki tug’ilganlik haqida guvohnoma
    Reyting daftarchasi nusxasi
    Ko‘rik-tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zlari erishgan yutuqlarini aks ettiruvchi quyidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishlari tavsiya etiladi:
    a) innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini qay darajada o‘zlashtirganligi;
    b) zamonaviy axborot-kompyuter texnologiyalari, internet xizmatidan, milliy va xorijiy axborot-kutubxona fondlaridan foydalanish borasidagi bilimlari;
    c) zamonaviy kompyuter texnologiyalari hamda internet xizmatida dasturiy mahsulotlar (programmalar) va veb ishlanmalar (veb sayt);
    d) nomzodning turli tanlov, anjuman va boshqa tadbirlarda ishtiroki uchun berilgan diplom, sertifikat kabi hujjatlarning nusxalari.
    Shuningdek, Hakamlar Hay’atining ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) va hududiy bosqichi yakunlari to‘g‘risidagi kengaytirilgan yig‘ilish bayonnomasiga ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) va hududiy bosqichida qatnashgan barcha nomzodlar faoliyati “Baholash mezonlari” asosida umumlashtirilib baholangan yagona “Baholash qaydnomasi” (Hakamlar Hay’atining barcha a’zolari tomonidan imzolangan holda) ilova etiladi.

Qatnashish jarayoni

Tanlov uch bosqichda o’tkaziladi. Birinchi (tuman yoki shahar) bosqichi aprel oyida, ikkinchi bosqich (viloyatlar va Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent shahar) bosqichi may oyida, uchinchi, Respublika bosqichi esa iyun oyida bo’lib o’tadi. Tanlovda nomzodlarnong faoliyati, taqdim etilgan hujjat va qo‘shimcha ma’lumotlar o’rganilib, har bir bosqichda har bir hududdan uch nafardan nomzod keyingi bosqich uchun tavsiya etiladi.

Eslatmalar:

Nomzodlarni tavsiya etish va g‘oliblarni aniqlashda asosiy e’tibor nomzodlarning o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi, yetakchilik qobiliyati hamda innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini qay darajada o‘zlashtira olganligiga qaratiladi.

Ma’lumot uchun telefonlar: 0 (371) 255-46-36; 0 (371) 255-48-17