Qayerda: Xitoy

Kim uchun: Magistratura yoki PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Ariza topshirish muhlati: 2018-yilning 30-apreligacha

Umumiy ma’lumot: Xitoyning Xitoy milliy tibbiyoti bo’yicha Changchung universiteti (Changchun University of Traditional Chinese Medicine) magistratura va PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab uvvatlash.

Iqtisodiy ta’minot: Ushbu grantni qo’lga kiritgan talabalarga kontrakt puli to’liq qoplab beriladi.

Ta’lim tili: Nomzod ingliz tilida yoki xitoy tilida o’qishi mumkin. O’qiladigan tilni nomzodning o’zi tanlaydi. Xitoy tilini tanlagan, lekin xitoy tilini bilish darajasi darslarni o’zlashtirish uchun yetarli bo’lmagan nomzodlar uchun 1 yillik xitoy tili o’rganish dasturi tashkil etiladi va bu kurs puli ham to’lab beriladi.

Nomzodga qo’yilgan talablar:

  • Nomzod Xitoy fuqarosi bo’lmasligi va sog’lom bo’lishi lozim.
  • Magistraturaga topshirmoqchi bo’lganlar bakalavr diplomiga ega bo’lishi hamda 35 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak.
  • PhD bosqichiga topshirmoqchi bo’lganlar magistrlik diplomiga ega bo’lishi hamda 40 yoshdan oshmagan bo’lishi lozim.
  • Ingliz tilida o’qishga topshirayotganlar HSK (xitoy tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat) topshirishi shart emas.
  • Bakalavr (magistrlik) bosqichidagi o’zlashtirishi imkon qadar yuqori bo’lishi tavsiya etiladi.

Hujjat topshirish jarayoni: Ariza onlayn tarzda topshiriladi. Topshirishi lozim bo’lgan hujjatlar quyidagilardan iborat:

  • Belgilangan tarzdagi ariza;
  • Diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi.
  • Bakalavriat/magistrlik bosqichi davridagi baholar ro’yxati.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Ingliz yoki/va xitoy tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS – minimal 6, TOEFL, GRE yoki HSK-4).
  • O’quv rejasi (Study Plan).
  • Tadqiqot ishlari (diplom ishi, magistrlik dissertatsiyasi va hk) ning notarial tasdiqlangan nusxasi.
  • Pasport nusxasi.
  • Tibbiy ma’lumotnoma.

Nomzodlar dastlab ariza va kerakli hujjatlarni onlayn tarzda topshiradi, keyin esa ikki nusxda unicersitetga pochta orqali yuborishi lozim.

Yuboriladigan pochta manzili:

Consignee: ZhangLu, LIU Fangtong
International College of Changchun University of Chinese Medicine
Address: No.1035 BoShuoRord, ChangChun, JiLin, China.
Zip code: 130117

Xitoy tilida:
收件人:长春中医药大学国际教育学院刘芳彤
地址:中国吉林省长春市净月经济开发区博硕路1035号
邮政编码:130117

Qo’shimcha savollar yuzasidan quyidagi kontaktlar orqali bog’lanishingiz mumkin:
Tel: +86-431-86045418
Email: iec@ccucm.edu.cn
Website: http://iec.ccucm.edu.cn/index.htm

Batafsil SHU YERDA tanishing.