Qayerda: Rossiya, Moskva

Kim uchun: Universitet talabalari uchun (Bakalavr, magistr, PhD va hk)

Hujjat topshirish muhlati: 2018-yilning 20-fevraligacha

Umumiy ma’lumot: Rossiyadagi Boris Pasternak uy muzeyi Novosibirsk davlat pedagogika universiteti hamda Novosibirsk ilmiy kutubxonasi bilan hamkorlikda tarjima uchun xalqaro tanlov e’lon qildi. Ushbu tanlovda istalgan davlat talabasi qatnashishi mumkin.

Tanlov shartlari:

  • Nomzod Tomas Mertonning «Spirtual Implications» nomli essayi bilan tanishib chiqishi lozim (Ushbu essay Boris Posternak va uning «Doktor Jevago» asari haqida).
  • Nomzod essay matnidan tarjima qilish uchun mustqali ravishda ma’lum qismini (2-4 bet) tanlab oladi.
  • Tanlangan qism tarjima qilinishi kerak (Tarjima ingliz tilida rus tiliga qiliandi).
  • Nega essayning aynan shu qismi tanlangani yozma asoslanishi kerak.

Nomzodga qo’yilgan talablar:

  • Nomzod hozirda universitetda o’qiyotgan bo’lishi kerak.
  • Istalgan davlat universitetlarining talabalari qatnashishi mumkin.

Tarjima ishiga qo’yilgan talablar:

  • Tarjima aynan nomzodning o’zi tomonidan bajarilishi lozim.
  • Tarjima materiali formati – Word.
  • Yozuv shrifti – 14, Times New Roman, interval 1 (межстрочный интервал одинарный), abzats – 1,25, kengligi «выравнивание» bo’lishi lozim.
  • Tarjima matnidan oldin quyidagi jadval to’ldirilgan va ilova qilingan bo’lishi lozim:
1 Ф.И.О.  
2 Место работы, учебы полностью (отделение, курс, факультет, вуз, город, страна)  
3 Контактная информация (email)  
4 Ссылка на выбранный фрагмент: страница начала – страница конца фрагмента, первое и последнее предложения переводимого фрагмента на английском языке  
5 Обоснование выбора фрагмента  

 

Nomzod uchun mukofot: Tarjima tanlovida g’olib deb topilgan ishtirokchi(lar) V.I.Dal nomidagi Rossiya adabiyoti tarixi davlat muzeyi tomonidan diplom bilan taqdirlanadi. Tanlov qatnashchilari ro’yxatdan o’tgan email manzillari orqali sertifikat bilan taqdirlanadi.

Yuborilayotgan Word shaklidagi fayl quyidagicha nomlanishi lozim: Familiya_I.Sh_Shahar (Masalan, Иванов_И.И._Новосибирск). So’ng fayl «Пастернак» nomi bilan sib-lang-teachers@mail.ru elektron manziliga yuborilishi lozim.

Batafsil SHU YERDA tanishing.