Qayerda: Tailand

Kim uchun: Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2018-yilning 31-martigacha

Umumiy ma’lumot: Tailandning Osiyo Texnologiyalar instituti (Asian Institute of Technology) magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun Kurita atrof-muhit va suv fondi (Kurita Water and Environment Foundation) tomonidan taqdim etiluvchi stipendiya dasturini e’lon qiladi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

O’qish sohasi: Quyidagi yo’nalishlarga qabul qilingan/qilinadigan talabalr ushbu dasturga topshirishlari mumkin:

  • Water Engineering and Management (WEM ), School of Engineering and Technology (SET);
  • Environmental Engineering and Management (EEM ), School of Environment, Resources and Development (SERD);
  • Natural Resources Management (NRM), School of Environment, Resources and Development (SERD).

Iqtisodiy ta’minot: Ushbu stipendiyani qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Ro’yxatdan o’tish puli va kontrakt puli to’liq qoplab beriladi;
  • Tailandda yashash uchun yetarli bo’lgan oylik stipendiya bilan ta’minlanadi;
  • Tibbiy sug’urta xarajatlari qoplab beriladi;
  • Vizani yangilash xarajatlari qoplanadi;
  • Tadqiqot olib borish uchun sarflanadigan xarajatlar qoplanadi;
  • Tailandda borish va qaytish xarajatlari qoplanadi.

Nomzodga qo’yilgan talablar:

  • Nomzod Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi bo’lishi lozim;
  • Nomzod Osiyo texnologiyalar institutining magistrlik bosqichiga qabul qilish shartlariga javob berishi kerak. Ushbu shartlar bilan institutning rasmiy veb-saytiga kirib, kerakli yo’nalishni tanlash orqali tanishish mumkin.
  • Nomzdo 4 yillik bakalavr diplomiga ega bo’lishi lozim.
  • Ikkita tavsiyanoma.
  • Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi kerak (TOEFL (Computer-based: 210 or TOEFL: 76) or IELTS: 6 (writing and overall) or AIT-EET Score score of 6 or equivalent).

Ushbu dasturga jismoniy qiyinchilik/kamchilikka ega nomzodlar topshirsa, ularga alohida imtiyozlar taqdim etilishi mumkin.

Hujjat topshirish jarayoni: Hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Hujjat va ariza topshirishni SHU YERDA (https://admission.ait.ac.th/aoas/Applicant/FirstPage.aspx)amalga oshirish.

Batafsil SHU YERDA (https://www.ait.ac.th/admissions/scholarships/kurita-scholarships/) tanishing.