Qayerda: O’zbekiston

Ariza topshirish muhlati: 2018-yil 12-fevral

Grant turi: Tanlov

Umumiy ma’lumot: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi Respublika yosh ijodkorlar kengashi «Navoiy mening oilamda» mavzusidagi videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov ikki xil:

  • «Eng yaxshi g‘azalxon oila» va
  • «Eng yaxshi navoiyxonlik kechasi» yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etishni istovchilar Oila a’zolari bilan birga Navoiy g‘azallarini o‘qiganliklari yoki Navoiyxonlik kechasi tasvirlangan videoroliklar bilan ishtirok etishlari mumkin.

  • Tanlov g‘oliblari quydagicha mukofotlanadi
  • 1-o‘rin; Kompyuter (Monoblok)
  • 2-o‘rin; Noutbuk
  • 3-o‘rin; Planshet

Videoroliklar yoshijodkor@umail.uz elektron pochta manzili va Respublika yosh ijodkorlar kengashining telegramdagi kanali @ijodkorlarkengashi orqali 2018-yil 12-fevralga qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun Telegram orqali murojaat qilishingiz mumkin: @ijodkorlarkengashi

Telefon: Tel: +99890 971 22 13