Bolalar ta’limi sifatini oshirish va o’qituvchilarni qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan Varkey Foundation tashkiloti Global Teacher Prize tanlovi uchun hujjatlar qabul qilmoqda. Dasturda dunyoning istalgan davlatida 5-18 yoshli bolalarga ta’lim berayotgan o’qituvchilar qatnashishi mumkin. Ushbu tanlov maqsadi – o’qituvchilik kasbining ahamiyatini oshirish/tan olish va o’qituvchilarni o’z kasbini sevish hamda o’rgatishga bo’lgan ishtiyoqini oshirish uchun rag’batlantirish.
Grant kimlar uchun?

5-18 yoshli o’quvchilarni o’qitayotgan o’qituvchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link

 
Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu tanlovda g’olib deb topilgan o’qituvchi 1 million AQSh dollari miqdoridagi mukofot bilan taqdirlanadi. Bu mablag’ g’olibga 10 yil davomida har yili 100 ming AQSh dollaridan berib boriladi.
Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

    Nomzod 5-18 yoshli o’quvchilarga ta’lim beruvchi o’qituvchi bo’lishi lozim.
    To’liq stavkada ishlayotgan o’qituvchilar ham, yarim stavka o’qituvchilik qilayotganlar ham ushbu tanlovga hujjat topshirishi mumkin.
    Nomzod haftasiga kamida 10 soat o’quvchilarga yuzma-yuz dars o’tishi va keyingi 5 yil davomida o’qituvchilik faoliyatini davom ettiri kerak.
    Nomzod oldingi tanlovda go’lib bo’lmagan, shuningdek, kuchli o’nlikka kirmagan bo’lishi kerak.
    Nomzod sudlanmagan bo’lishi lozim.

Nomzodga qo’yilgan talablar bilan to’liq SHU YERDA tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar onlayn tarzda qabul qilinadi. Arzia topshirish uchun nomzod tanlov veb-saytiga tashrif buyurishi va ro’yxatdan o’tishi kerak.  So’ng, barcha so’ralgan hujjatlar topshiriladi. Ariza shakli va boshqa barcha kerakli hujjatlar bilan SHU YERDA tanishing.

Tanlov jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

    Arizalar topshirish muhlati tugagandan keyin hakamlar hay’ati 50ta munosib nomzodni tanlab oladi. Ushbu bosqichda faqatgina shu 50ta nomzodga keying bosqichga o’tganligi haqida email orqali xabar qilinadi.
    Keyingi bosqichda Tanlov Qo’mitasi 2018-yilning noyabr oyida 10 nafar finalistlarni aniqlab beradi.
    Keyingi bosqichda The Global Teacher Prize akademiyasi a’zolari onlayn ovoz berish orqali g’olibni aniqlab beradi.

G’olib 2019-yil Dubayda bo’lib o’tadigan  Global ta’lim va mahorat forumida (Global Education and Skills Forum) e’lon qilinadi.

Eslatma: Agar g’olib tomonidan hujjatlar qalbakilashtirilgani yoki tanlov qoidalarini boshqacha tarzda buzish orqali g’olib bo’lganligi aniqlansa, unga mukofot mablag’ini berish to’xtatiladi va berilgan mablag’ sud orqali qaytarib olinadi.

Shunigdek, nomzod g’oliblikni qo’lga kiritganidan so’ng o’qituvchilik maqomiga to’g’ri kelmaydigan hatti-xarakatlarni sodir etmasligi, Varkey Foundation tashkiloti bilan nizoga bormasligi, tashkilot tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashishi, keying 5 yil davomida 5-18 yoshli o’quvchilarga ta’lim berishda davom etishi (g’olibning davlatidagi pensiyaga chiqish yoshi asosida pensiyaga chiqishi bundan mustasno), ta’lim sohasida Varkey Foundation’ning vakili bo’lishi va tashkilot tomonidan ta’lim sifatni oshirishga qaratilgan harakatlarda faol qatnashishi (tadbirlarda qatnashish, turli kanallarda intervyu berish va hk) kerak. Tashkiot tomonidan o’tkaziladigan va g’olib qatnashishi kerak bo’lgan tadbirlarga qatnashish uchun ketadigan barcha xarajatlar tashkilot tomonidan qoplab beriladi. Va bunday tadbirlarga g’olib ish vaqtida jalb qilinmaydi. Faqat ta’tilda payti yoki dam olish kunlari jalb qilinishi mumkin.