Joriy yilning 4 fevralidan “ROBO CODERS 2019” tanlovi o’z startini oldi. Mazkur tanlovda dasturlash tajribasiga ega 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan istalgan talabgor uning ishtirokchisiga aylanishi mumkin. Tanlov robototexnika uchun dasturlash sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash uchun oʻtkaziladi.

Tanlovning asosiy vazifalari quyidagilar:

axborot texnologiyalari sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash;

yoshlarning ishbilarmonlik faolligini rivojlantirish.

Tanlovda “ROBO CODERS 2019”respublika tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida NIZOMda belgilangan tartib asosida ariza topshirgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirokchilarni ro’yxatga olish 2019 yilning 4 fevralidan 15 fevraliga qadar muic.uz rasmiy saytida amalga oshiriladi.

Tanlov dasturi uchta nominatsiya doirasida 9 ta sovrinli o’rinlarni o’zida jamlagan:

Uchta birinchi o’rin (HP 250 G6 i3-6006 4/500 noutbuki);

Uchta ikkinchi o’rin (Acer Extensa EX2519 N3160 4/500 noutbuki);

Uchta uchinchi o’rin (Xiaomi Redmi Note 5 64 ГБ smartfoni).

Shuningdek, ko’p sonli rag’batlantiruvchi sovrinlar quyidagi nominatsiyalarga taqdim etiladi:

Eng tez coder;

Eng sodda algoritm;

Eng yosh dasturchi.

Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi koʻmagida oʻtkazilmoqda.

Tanlov tashkilotchilari:

  • “Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi direksiyasi” MChJ;
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
  • “ROBOTICS LAB FUTURE TECHNOLOGY COMPANY” MChJ.

Ishtirokchilarni ro’yxatga olish muic.uz havolasi orqali amalga oshiriladi.

Batafsil maʼlumotni +998 71 238 99 44 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilib olishingiz mumkin.