Qayerda: Malayziya

Kim uchun: 18-35 yoshlilar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2018-yilning 15-yanvarigacha

Umumiy ma’lumot: 2018-yilning 6-11-mart kunlari Malayziyada «Diversity and Youth Inclusion Conference 2018: Young Moderators for Global Peaceful Co-Existence» konferensiyasi bo’lib o’tadi. Ushbu konferensiyada 18-35 yoshli oliy ta’lim muassasalarida o’qiyotgan talabalar yoki nohukumat tashkilotlarda ishlovchi yoshlar qatnashishi mumkin.

Iqtisodiy ta’minot: Konferensiyada qatnashish uchun qabul qilinganlar 3000 Malayziya riggiti (taxminan 731 AQSh dollari) miqdoridagi summa bilan ta’minlanadi va bu so’mma konferensiya bilan bog’liq xarajatarni (turar joy, ro’yxatdan o’tish, oziq-ovqat) qoplash uchun yetarli. Biroq Malayziyaga borish va kelish xarajatlarini qatnashuvchining o’zi to’lashi lozim.

Nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.

Ariza topshirish: Konferensiya uchun ariza onlayn tarzda topshiriladi. Ariza beruvchi nomzodlar konferensiya komissiyasi tomonidan ko’rib chiqiladi va qatnashish uchun nomzodlar saralab olinadi. Onlayn arizani SHU YERDA (http://diycx.org/diyc-2018/submission-form/) to’ldiring.

Batafsil SHU YERDA (http://diycx.org/diyc-2018/conference-grant-award/) tanishing.