Qayerda: Buyuk Britaniya

Kim uchun: Magistrlik darajasida o’qishni xohlovchilar uchun

Hujjat topshirish muddati: 2018-yilning 29-yanvarigacha

Umumiy ma’lumot: Londonning SOAS universiteti 2018-yilning sentabridan magistraturada o’qishni boshlamoqchi bo’lganlar uchun stipendiyali dastur e’lon qiladi.

Ta’lim sohasi: Nomzod SOAS universitetidagi magistratura yo’nalishlaridan (taught masters programme) istalgan birini tanlashi mumkin. Faqat tanlangan magistrlik yo’nalishiga to’liq ta’lim asosida o’qish uchun topshirish zarur. To’liq bo’lmagan (part-time) magistrlik dasturlariga topshirganlar ushbu stipendiya dasturiga topshira olmaydi.

Iqtisodiy ta’minot: 

Stipendiyani qo’lga kiritgan nomzod quyidagi iqtisodiy ta’minotlarni qo’lga kiritadi:

  • ta’lim puli (tution fee) to’liq qoplanadi;
  • Buyuk Britaniyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi;
  • yashash xarajatlari uchun yetarli mablag’ bilan ta’minlanadi (15,560 funt sterling yiliga).

Nomzodga qo’yilgan talablar:

  • Nomzod rivojlanayotgan davlatlardan birining fuqarosi bo’lishi kerak (O’zbekiston shunday davlatlar qatorida) va hozirda xorijiy davlatda yashayotgan yoki o’qiyotgan bo’lmasligi kerak.
  • Nomzod oldin xorijda bir yil va undan ortiq muddat davomida ta’lim olmagan bo’lishi lozim.
  • Nomzod birinchi darajali yoki unga muqobil bo’lgan bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi lozim.
  • Nomzod iqtisodiy jihatdan yordamga muhtoj ekanligi hisobga olinadi. Iqtisodiy jihatdan o’zini to’la ta’minlay oladigan nomzodlar topshira olmaydi.
  • Nomzod magistrlik diplomiga ega bo’lmasligi lozim.
  • Nomzod o’qishni tugatgach, o’z vataniga qaytish kerak bo’ladi.
  • Nomzod 2018-yilning 29-yanvarigacha universitetdagi magistrlik kurslaridan biriga va stipendiya dasturiga to’liq hujjatlarni topshirib bo’lgan bo’lishi lozim.
  • Nomzod 2018-yilning Mart oyiga qadar universitetga qabul qilinishi va qabul qilinganlik taklifini (offer of admission) dastur tashkilotchilariga taqdim qilishi kerak. Shartsiz taklif (unconditional offer) qabul qilganlarning stipendiyani yutsh ehtimoli yuqoriroq bo’ladi.
  • Nomzod tanlagan magistrlik dasturining ingliz tilini bilish darajasi talablariga javob berishi kerak. Ushbu talabga javob bermaydigan nomzodlar shartli taklif (conditional offer) olishsa, 2018-yilning 1-iyuniga qadar talabga javob bera oladigan darajadagi ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi hujjatni (IELTS) taqdim qilishi lozim.

Hujjat topshirish jarayoni:

Hujjat topshirish jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Magistrlik dasturiga hujjat topshirish. Nomzod universitetning magistrlik dasturlaridan biriga onlayn tarzda hujjat topshirishi lozim. Kerakli hujjatlar ro’yxati tanlangan dastur haqidagi ma’lumotlar orasida beriladi. Hujjatlar to’liq va vaqtida (2018-yilning 29-yanvaridan kechikmay) topshirilishi lozim. To’liq bo’lmagan yoki kechikib topshirilgan hujjatlar ko’rib chiqilmaydi. Magistrlik dasturiga SHU YERDA hujjat topshirishingiz mumkin.
  2. Stipendiya dasturiga hujjat topshirish. Nomzod 2018-yilning 29-yanvaridan kechikmay Stipendiya dasturiga onlayn ariza topshirishi lozim. SHU YERDA dasturga ariza topshirish mumkin.

Eslatma: Ushbu stipendiya dasturiga bitta nomzod qabul qilinadi.

Qo’shimcha ma’lumotlar va savollar yuzasidan murojaat qilish:
Email: scholarships@soas.ac.uk
Telephone: +44 (0)20 7074 5094/509

Batafsil SHU YERDA tanishing.