Qayerda: Buyuk Britaniya

Kim uchun: Bakalavr, magistr va PhD darajasida o’qishni xohlovchilar uchun

Hujjat topshirish muddati: Bakalavr bosqichi uchun 2017-yilning 15-oktabri; Magistrlik va PhD darajasi uchun 2017-yilning 6-dekabrigacha

Umumiy ma’lumot: 2013-yil 1-avgustda Buyuk Britaniyaning Kembridj universiteti tomonidan «The Cambridge Commonwelth, European and International Trust» stipendiyali dasturi tashkil etildi va ushbu dastur har yili e’lon qilib boriladi. Ushbu dasturning maqsadi – ilmiy darajalarni olish uchun o’qiyotgan xalqaro talabalarni iqtisodiy qo’llab-quvvatlash hisoblanadi. Dastur yiliga o’rtacha 400 ta talabani stipendiya bilan ta’minlaydi.

Iqtisodiy ta’minot: Stipendiyani qo’lga kiritgan talabalar quyidagi iqtisodiy ta’minotlar bilan ta’minlanadi:

  • Universitetda o’qish uchun kontrakt puli to’lab beriladi;
  • Yillik stipendiya bilan ta’minlanadi (bir kishiga hayot kechirish uchun yetarli miqdorda);
  • Borish va kelish uchun transport to’lovi.

Nomzodga qo’yilgan talablar:

  1. Millati. Millatidan qat’i nazar, har qanday nomzod ushbu dasturga topshirishi mumkin.
  2. Holati (Status). Dasturga faqat to’liq o’quv kursida o’qiyotgan talabalar topshirishi mumkin (zaochniy o’qiyotganlar/o’qimoqchi bo’lganlar topshira olmaydi).
  3. Ilmiy darajasi. Nomzod Kembridj universitetida bakalavr yoki magistr yoxud PhD darajasida o’qish uchun hujjat topshirayotgan bo’lishi lozim. Ta’kidlash joizki, bakalavrda o’qish uchun hujjat topshirayotgan talabalarga ajratiladigan stipendiyali o’rinlar magistrlik yoki PhD bosqichida o’qish uchun ajratilgan kvota sonidan ancha kam (mos ravishda 15 va 85 foiz).
  4. Dastur talabalar almashinuvi (exchange) yoki doktorlik darajasidan keyingi tadqiqotlar uchun stipendiya ajratmaydi.

Ta’lim sohasi: Nomzod Kembridj universitetida mavjud sohalardan istalgan biriga hujjat topshirishi mumkin. Tanlangan sohaga hujjat topshirish sanasi ham e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Sohaga qarab hujjat topshirish muddati farq qilishi mumkin.

Hujjat topshirish va qabul jarayoni: Barcha nomzodlar Kembridj universitetida belgilangan tartibida kerkali hujjatlarni topshirishi va universitetga qabul qilisnishi kerak. Dastur nomzodning universitetga qabul qilinishi uchun yordam ko’rsatmaydi, bu butunlay nomzodning mas’uliyati. Shuningdek, Kembridj universitetiga hujjat topshirish uchun belgilangan talablar mavjud va nomzod ushbu talablarga javob berishi lozim. Ushbu talablar bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

Shuningdek, bakalavriat hamda magistratura va PhD’ga hujjat topshirish muddatlari haqida ham tanishib chiqish tavsiya qilinadi. Batafsil SHU YERDA tanishing.