Qayerda: Toshkent.

Kim uchun: Bakalavrni tamomlaganlar.

Ariza topshirish muhlati: 17-noyabr 2017-yilgacha.

Grant turi: Magistratura.

Islom Karimov nomidagi respublika xayriya jamoat fondi Rossiya, Yevropa va AQSh oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olish uchun respublikamiz hamda chet el oliygohlarining oxirgi bosqichida o‘qiyotgan yoki muvaffaqiyatli tamomlagan, xorijiy tillarni biladigan iqtidorli yigit-qizlar o‘rtasida Fond grantlarini olish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Chet elda (ikki yilgacha) tahsil olish va yashash harajatlari to‘laligicha Fond tomonidan moliyalashtiriladi.

Magistratura uchun taqdim etilayotgan yo‘nalishlar:

  • Tabiiy fanlar (qayta tiklanuvchi energiya manbalari, kimyo);
  • Suv va yer resurslarini boshqarish;
  • Mashinasozlik texnologiyalari;
  • Oziq-ovqat texnologiyalari;
  • Oziq-ovqat xavfsizligi;
  • Oziq-ovqat ishlab chiqarish va marketing;
  • Arxitektura (shaharsozlik, tarixiy obidalarni muhofaza etish va qayta tiklash);
  • Dizayn (mahsulot dizayni, sanoat va me’morchilik dizayni);
  • Rassomlik;

Fond grantini qo‘lga kiritishni xohlagan nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  • Faoliyatini milliy istiqlol g‘oyalariga bag‘ishlash, Vatanimiz va xalqimizning iqtisodiy va ma’naviy ravnaqiga xizmat qilishni o‘z burchi hamda hayotiy maslagi deb bilishi;
  • Umumbashariy va milliy qadriyatlar ruhida fikr yuritish, keng dunyoqarash va yuksak ahloq sohibi bo‘lish;
  • Tanlangan mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish va kamida bitta xorijiy tilni a’lo darajada bilish.

Hujjatlar joriy yilning 6-noyabridan to 17-noyabriga qadar Fondning elektron saytida qabul qilinadi.

Sizni qiziqtirgan qo‘shimcha ma’lumot va savollarga (0371) 237 3420,  237 3813 telefon raqamlari orqali javob olishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr ko‘chasi 24-uy.

Nurillo TO‘XTASINOV tayyorladi