Umumiy ma’lumot:

TechWomen dasturi AQSh Davlat departamentining loyihasi bo’lib, dunyo bo’ylab ayollarning aniq fanlar bo’yicha muvaffaqiyatlarga erishishini qo’llab-quvvatlaydi. Har yili dastur doirasida o’nlab ayollar butun dunyodan AQShga kelib, malaka oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Dastur 2018-yil uchun arizalarni qabul qilishni boshladi.

Kimlar topshirishi mumkin:

  • Aniq fanlar, texnologiya, muhandislik va matematika yo’nalishida bakalavrlik darajasiga ega va kamida 2 yillik to’liq stavkali ish tajribasiga ega AYOLLAR.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Ariza to’ldirish vaqtida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Tukrmaniston va boshqa davlatlarning fuqarosi yoki doimiy yashovchisi bo’lishi shart.
  • J-1 almashinuv vizasini olishga haqli bo’lishi lozim (Ariza topshirishdan avvalgi 2 yil ichida bu vizani olmagan bo’lishi kerak).
  • AQShga immigratsiya vizasiga hujjat topshirmagan va muqaddam 5 yil davomida “Grin karta”ga hujjat topshirmagan bo’lishi shart.
  • AQSh fuqarosi bo’lmagan va unda doimiy yashovchi maqomiga ega bo’lmagan bo’lishi shart.

TechWomen turli xillikni qo’llab quvvatlaydi. Imkoniyati cheklangan shaxslar ham ariza topshirishi mumkin.

Global iqlim o’zgarishi va atrof-muhitga bog’liq muammolarni yechishga qiziqqan arizachilarga alohida e’tibor beriladi.

Grant miqdori:

Dastur doirasida jami 100 nafar ayollarga grant tadqim etiladi.

Grant  quyidagi xarajatlarni qoplaydi:

  • AQShga borish va kelish uchun avia-chiptalar;
  • AQSh ichida amalga oshiriladigan transport xarajatlari;
  • Yashash va oziq ovqat xarajatlari.

Ishtirokchilar shaxsiy xarajatlari(sovg’alar sotib olish va hokazo) uchun o’zlari haq to’laydilar.

Ariza topshirish tartibi bilan SHU YERDA tanishishingiz va onlayn ariza topshirishingiz mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA