Qayerda: Germaniya

Kim uchun: Magistrlik bosqichida o’qishni xohlovchi huquqshunoslar uchun

Hujjat topshirish muddati: 2018-yil 1-maygacha

Umumiy ma’lumot: Germaniyaning The Hertie School of Governance oliy ta’lim muassasasi bakalavr bosqichini bitirgan huquqshunoslarga Master of International Affairs va Master of Public Policy yo’nalishi bo’yicha magistrlik boshqichida o’qish uchun grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dasturning maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.

Iqtisodiy ta’minot: Ushbu dasturni qo’lga kiritgan talabalarga 32 ming 500 yevro miqdoridagi kontrakt pulli to’liq to’lab beriladi.

Grant berilishi rejalashtirilgan talabalar soni: 2 ta.

Hujjat topshirish jarayoni: Hujjat topshirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  1. Ariza topshirish portalida (https://application.hertie-school.org/) akkaunt yarating va so’ralgan ma’lumotlarni birma-bir kiritib, onlayn arizani to’ldiring.
  2. CV ni yuklang. CV da ta’lim olgan muassasalaringiz, ish tajribangiz, volontyorlik tajribangiz va shu kabilar ko’rsatilishi kerka. CV ga rasm joylashtirmang.
  3. Motivatsiya xati – 500-900 so’z bo’lishi kerak. Bu ham online yuklanadi.
  4. Bakalavrdagi baholar yuklanishi kerak. Agar baholar ingliz tilida bo’lmasa, ingliz tiliga tarjima qilinib, notariusdan tasdiqlanib, yuklanishi kerak.
  5. Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat yuklanishi kerak (IELTS).

Batafsil SHU YERDA (https://www.hertie-school.org/en/study/scholarships/special-focus-scholarships/law-scholarship/) va SHU YERDA (https://www.hertie-school.org/en/admissions/) tanishing.