Qayerda: Finlandiya

Kim uchun: Magistrlik bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2018-yilning 17-yanvari

Umumiy ma’lumot: Finlandiyaning Tampere universiteti xorijiy talabalar uchun to’liq va qisman qoplanadigan grantlarni taqdim etadi. Ushbu dasturning maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

O’qish sohasi: Nomzod universitetda mavjud bo’lgan istalgan magistrlik sohalaridan birini tanlashi mumkin.

Iqtisodiy ta’minot: Ushbu dastur 2 xil moddiy imkoniyat taqdim etadi: 1) ikki yillik magistrlik kontrakt puli to’liq qoplab beriladi; 2) ikki yillik magistrlik kontrakt puli 50 foizi qoplab beriladi.

Nomzodga qo’yilgan talablar: 

  • Nomzod Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lmagan davlat fuqarosi bo’lishi lozim.
  • Bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi lozim.
  • Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi lozim. Ular quyidagilar bo’lishi mumkin:
    1. TOEFL, Test of English as a Foreign Language; 90/Internet-based, 575/paper-based Note: scores from “TOEFL ITP/institutional testing programme” are not accepted.
    2. IELTS (Academic), International English Language Testing System; 6.5 with no individual score below 5.5.
    3. PTE (Academic), Pearson’s Test of Academic English; 62. 

Hujjat topshirish jarayoni: Ariza topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Kerakli bo’lgan hujjatlar magistrlik yo’nalishiga qarab farq qilishi mumkin. Shu sababli nomzodning o’zi universitet saytining magistratura bo’limiga kirib, kerakli sohani tanlab, uning talablari bilan tanishib chiqishi lozim. Mgistratura bo’limi SHU YERDA (http://www.uta.fi/admissions/masters-degree-programmes).

Har bir ariza CV va motivatsiya xatini o’z ichiga olgan. Kerakli hujjatlar bilan SHU YERDA (https://www.uta.fi/admissions/application-documents) batafsil tanishing.

Eslatma: Ushbu grant dasturi magistratura bo’limidagi yo’nalishlarning dastlabki 13 tasi uchun amal qiladi.

Batafsil SHU YERDA (https://www.uta.fi/en/news/story/utas-international-masters-degree-programmes-are-inviting-applications) tanishing.