O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda “Turkiston” san’at saroyida oyda ikki marotaba jonli ijroda “Aytishuv” musiqiy dasturi o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Unda ustoz san’atkorlar, yosh ijrochilar hamda jamoalar maqom, baxshichilik, lapar ijrosi, askiya, folklor, katta ashula, milliy estrada yo‘nalishlari bo‘yicha jonli ijroda o‘zaro bellashuvi ko‘zda tutilgan.

Ishtirokchilar quyidagi shartlar bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etishlari zarur:

– vatan madhi va ota-onani e’zozlash mavzusi
– milliy mumtoz yo‘nalishi
– san’atkorlarning ijodidan namunalar
– san’atkorlarning milliy sozlarimizga bo‘lgan ijro mahorati
– ikkita san’atkor ishtirokida aytishuv
– tomoshabinlar talabiga binoan ijrolar

“Aytishuv” musiqiy dasturi “Navo” telekanali orqali namoyish qilinadi.

Loyiha bo‘yicha taklif va mulohazalar hamda bellashuvda ishtirok etishni xohlovchilarni info@badiiyjamoalar.uz elektron manzilida kutib qolamiz.

Ma’lumotlar www.badiiyjamoalar.uz saytida