UNDP O’zbekiston bo’limi ommaviy aхbоrоt vоsitalari (ОAV) vakillari uchun mikrоmоliyalashtirishning dоlzarb masalalari, krеdit aхbоrоtlarini almashish tizimi va O’zbеkistоnda ahоlining mоliyaviy savоdхоnligini оshirish masalalariga bag’ishlangan eng yaхshi matеriallar tanlоvini e’lоn qiladi. Читать полностью »
Yaponiya hukumatining Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnika vazirligi 2011 o’quv yilida yapon universitetlarida Monbukagakusho:MEXT programmasi yordamida stajor-tadqiqotchi sifatida ta’lim olishga taklif etadi. Ishtirokchilar tanlagan tadqiqot mavzulari yapon universitetlarida o’qitiladigan fanlarga bevosita mutanosib bo’lishi shart. Shuning uchun ishtirokchilar yapon universitetlari haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lishlari lozim. Читать полностью »
Urganch shahrida an’anaviy “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining Xorazm viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ona Vatanga muhabbat va sadoqat hissini kuchaytirish, texnik-amaliy sport turlarini rivojlantirish, yigitlarni harbiy xizmatga tayyorlash maqsadida o‘tkazilgan musobaqada o‘n besh jamoa o‘zaro bellashdi. Читать полностью »
An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Shunqorlar” harbiy-sport o‘yinlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi yakunlandi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada tanlovning hududiy bosqichi g‘oliblari – 1-Nukus tibbiyot kollejining “Lochin”, Qorao‘zak tumanidagi iqtisodiyot kasb-hunar kollejining “Turon”, Amudaryo tumanidagi qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejining “Jangovar”, Qanliko‘l tumanidagi sanoat-transport kasb-hunar kollejining “Shunqorlar” jamoalari kuch sinashdi. Читать полностью »
Buxoro shahridagi olimpiya zaxiralari sport kollejida 400 nafardan ziyod polvon ishtirokida kurash bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvlar yakunida o‘z vazn toifalarida poytaxtliklar – O‘ktam Ergashev, Yahyo Imomov, Baxtiyor Mengliqulov, samarqandlik Suhrob Xudoyberdiyev, Buxoro viloyati vakili Fayoz Fayzullayev hamda Toshkent viloyatidan Sherali Jo‘rayev birinchi o‘rinni egalladi. Читать полностью »
Центр профессиональной ориентации и психолого-педагогической диагностики учащихся при Министерстве народного образования Республики Узбекистан создан на основании постановления Кабинета Министров № 203 от 13 мая 1998 года “Об организации общего среднего образования в Республике Узбекистан” и по приказу Министерство народного образования № 108 от 23 июня 1999 года.
По приказу Министерство народного образования № 64 от 23 апреля 2001 года Центр назван “Республиканский центр профессиональной ориентации и психолого-педагогической диагностики” и утвержден его структура. Читать полностью »
Respublika tashxis Markazi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli qarori asosida xalq ta’limi vazirligining 1999 yil 23 iyundagi 108-sonli buyrug’i bilan respublika iste’dod Markazi negizida tashkil etilgan.
Xalq ta’limi Vazirligining 2001 yil 23 aprelidagi 64-sonli «Respublika o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis Markazi faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish to’g`risidagi buyrug’i bilan Markaz:-O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazi» deb qayta nomlandi va uning tuzilmasi tasdiqlandi. Читать полностью »
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Xalq ta’limi vazirligi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi hamkorligida “Ajdodlar merosi – kelajak poydevori” respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari A.Xolbekov mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarni barkamol etib tarbiyalash yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi. Читать полностью »
«Yil o`qituvchisi» tanlovi mamlakatimizda tizimdagi eng fidoyi, o`z kasbining ustasi bo`lgan peadgoglarni aniqlab beruvchi asosiy ko`rik-tanlovdir.
Vazirlik tizimida faoliyat ko`rsatayotgan ustoz va murabbiylar orasida tashabbuskor, doimiy yangilikka intiluvchi, ilg`or tajribali o`qituvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash maqsadida har yili an’anaviy ravishda «Yil o`qituvchisi» ko`rik-tanlovi o`tkazib kelinadi. Читать полностью »
Hindiston Texnik va Iqtisodiy Kooperatsiya Programmasi (ITEC) Hindiston hukumatining hamkor davlatlar bilan do’stona aloqalarni mustahkamlash va mutaxassislar tajribasini oshirish maqdadida tashkil qilingandir.Programma 1964 yil 15 sentabrdan buyon samarali faoliyat ko’rsatib kelayotgan bo’lib,Hindistonning Bosh Vaziri bo’lgan Javoharla’l Neru programmaning asoschilarilaridan biri hisoblanadi. Dastur Hindistonning texnik kooperatsiyalarni amalda qo’llash va uning innovatsion shakllarini tadbiq qilish bo’yicha yo’lga qo’yilgan eng yirik dastur hisoblanadi. Читать полностью »