«Victor-Hugo» nomli Fransuz Madaniyat Markazi
O’zbekistonda turli chet tillarni mukammal o’rgatishni maqsad qilgan ko’plab til va madaniyat markazlari faoliyat ko’rsatimoqda. Mana shunday madaniyat o’choqlaridan biri«Victor-Hugo» nomli Fransuz Madaniyat Markazi hisoblanadi. «Victor-Hugo» nomli Fransuz Madaniyat Markazi bir vaqtning o’zida ham Fransiya haqida ma’lumotlar olish, fransuz tilini o’qitish hamda uchrashuv va madaniy aloqalar o’rnatish maskani hisoblanadi.
Toshmuhammad Niyozovich Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti 1929 yil 17 yanvarda tashkil etilgan. O’z faoliyatini 1929 yil 15 iyunda Respublika Maorif xalq komissarligi tasarrufida Samarqand shahrida boshlagan. 1931 yildan O’zbekiston poytaxti Toshkent shahrida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Keyinchalik institut Madaniy qurilish institutiga, 1934 yildan esa undan uch mustaqil institut – O’z FA Tilshunoslik va adabiyotshunoslik instituti, Madaniyat ishlari tasarrufidagi San’atshunoslik instituti, Respublika Maorif xalq komissarligi tasarrufida O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ajralib chiqgan. Читать полностью »
Respublika ta’lim markazi
1989 yildan Respublika O’quv-metodik markazi tashkil etilgan. 1995 yilda Respublika O’quv-metodika markazi tugatilib, bu markaz «Respublika Ta’lim ilmiy metodika markazi» deb yuritilgan. 1996 yildan boshlab ushbu markaz «Respublika Ta’lim markazi» deb nomlangan. Respublika Ta’lim markazi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2004 yil 10 dekabrdagi 261-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Respublika Ta’lim markazi to’g’risida»gi Nizomga binoan ta’lim muassasalarining metodik ta’minotini amalga oshiruvchi Davlat metodik tashkiloti hisoblanib, O’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga bo’ysinadi. Читать полностью »
O’zbekiston Ingliz tili O’qituvchilari Assosiatsiyasi – UzTEA
O’zbekiston Ingliz tili O’qituvchilari Assosiatsiyasi – UzTEA – 1996 yilda tashkil qilingan bo’lib, bugungi kunda mamlakat bo’ylab 14 ta filiali faoliyat ko’rsatib kelmoqda. UzTEA (Uzbekistan Teachers of English Association) ning bosh maqsadi – O’zbekistonda ingliz tilini o’rgatish mahoratini rivojlantirish, o’rgatuvchilarni zaruriy o’quv vositalari va materiallari bilan ta’minlash, shuningdek ingliz tilini o’rgatish haqidagi bilimlarini boyitish hisoblanadi. Читать полностью »

