O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamda mamlakatimiz Sambo federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan chempionat sportchilarimizning xalqaro tajribasi, mahorati va malakasini oshirish, iqtidorli polvonlarni aniqlash va ularni nufuzli musobaqalarga tayyorlash maqsadida tashkil etildi.
Читать полностью »
Mamlakatimizning nufuzli oliy o’quv yurtlaridan biri – Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida 22 may kuni universitet va litsey miqyosida “Sport kuni” tashkil etildi. “Sport kuni” munosabati bilan universitet va litsey ishchi xodimlaridan iborat 3 jamoa o’zaro bellashdilar.
Читать полностью »
O’zbekiston universitet va institut talabalari o’rtasida o’tkaziladigan “Universiada-2010″ an’anaviy sport musobaqasi” may oyining oxirida go’zal Andijon shahrida bo’lib o’tadi. “Universiada” talabalar sport musobaqasi har 3 yilda bir marotaba o’tkazilib, unda talaba yoshlar o’z viloyatlari sharafini munosib ravishda himoya qiladilar.
Читать полностью »
O’quvchi yoshlarni Qurolli Kuchlar saflariga – harbiy xizmatga, Oliy harbiy bilim yurtlariga kirishga tayyorlash maqsadida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan Mudofaa, Sog’liqni saqlash, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, Oliy tahlim vazirligi O’rta maxsus, kasb-hunar tahlimi markazi, Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi, O’zbekiston Mudofaasiga ko’maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti, «Nuroniy» jamg’armasi bilan hamkorlikda ko’p bosqichli «Shunqorlar» harbiy-sport musobaqalari bir necha yillardan buyon muntazam o’tkazib kelinmoqda. Читать полностью »
UNDP O’zbekiston bo’limi ommaviy aхbоrоt vоsitalari (ОAV) vakillari uchun mikrоmоliyalashtirishning dоlzarb masalalari, krеdit aхbоrоtlarini almashish tizimi va O’zbеkistоnda ahоlining mоliyaviy savоdхоnligini оshirish masalalariga bag’ishlangan eng yaхshi matеriallar tanlоvini e’lоn qiladi. Читать полностью »
Urganch shahrida an’anaviy “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining Xorazm viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ona Vatanga muhabbat va sadoqat hissini kuchaytirish, texnik-amaliy sport turlarini rivojlantirish, yigitlarni harbiy xizmatga tayyorlash maqsadida o‘tkazilgan musobaqada o‘n besh jamoa o‘zaro bellashdi. Читать полностью »
An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Shunqorlar” harbiy-sport o‘yinlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi yakunlandi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada tanlovning hududiy bosqichi g‘oliblari – 1-Nukus tibbiyot kollejining “Lochin”, Qorao‘zak tumanidagi iqtisodiyot kasb-hunar kollejining “Turon”, Amudaryo tumanidagi qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejining “Jangovar”, Qanliko‘l tumanidagi sanoat-transport kasb-hunar kollejining “Shunqorlar” jamoalari kuch sinashdi. Читать полностью »
Buxoro shahridagi olimpiya zaxiralari sport kollejida 400 nafardan ziyod polvon ishtirokida kurash bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvlar yakunida o‘z vazn toifalarida poytaxtliklar – O‘ktam Ergashev, Yahyo Imomov, Baxtiyor Mengliqulov, samarqandlik Suhrob Xudoyberdiyev, Buxoro viloyati vakili Fayoz Fayzullayev hamda Toshkent viloyatidan Sherali Jo‘rayev birinchi o‘rinni egalladi. Читать полностью »
“Баркамол авлод” давлат дастурида белгиланган вазифаларни амалга ошириш.
Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги тизимидаги мактабдан ташқари таълим муассасалар ўқувчи – ёшларни спорт машғулотларига узлуксиз жалб қилишни таъминлашга, соғломлаштиришга ва оммавий спорт ишларини замон талаблари даражасида такомиллаштиришга, уларни фойдали ва мазмунли харакатга йўналтиришга, жамоа бўлиб харакат қилишга, ғалабага интилишга,ўқувчи–ёшларимизни соғлом баркамол авлод қилиб тарбиялашга, спортнинг миллий турларини янада ривожлантиришга қаратилган. Шунингдек, келажакда спорт-техника йўналишидаги мусобақаларни жахон миқёсига олиб чиқиш ва мусобақада иштирок этиб Республика шаънини химоя қилиш ҳамда Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 18 йиллик байрамини муносиб кутиб олишдир. Читать полностью »