«Universiada-2010″ – yoshlar bayrami
Конкурсы Май 29th, 2010 |
Andijonda oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o’tkaziladigan an’anaviy sport musobaqasi “Universiada – 2010” boshlandi. Sport musobaqasi Andijon shahrida joylashgan “Sog’lom avlod ” markaziy stadionida ochilish marosimi bilan ramziy holda o’z ishini boshladi.
Tantanali ochilish marosimida davlat va jamoat muassasalari xodimlari, dunyo miqyosida O’zbekiston nomini dong taratib kelayotgan sportchi yoshlarimiz va faxriy mehmonlar ishtirok etdilar. Ochilish marosimida Qoraqalpog’iston Respublikasi terma jamoasi vakillari, barcha viloyatlar va shuningdek, Toshkent shahri terma jamoalari rasmiy ravishda olimpiada tartibiga binoan sadionda saf tortishdi
va bo‘lajak musobaqalarda halol, murosasiz va mardona kurash olib borish haqida tantanali qasamyod qiladilar. O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalarining “Universiada – 2010” sport musobaqalarini Andijon viloyati hokimi A.Usmonov ochiq deb e’lon qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Universiada – 2010” sport o‘yinlari ishtirokchilariga tabrigini esa Prezidentning Davlat maslahatchisi X.Sultonov musobaqa ishtirokchilariga o’qib eshittirdi. Shuningdek, universiiada mash’alasi Osiyo kubogi sovrindori Shohruh Yunusov, sambo bo‘yicha Osiyo chempioni Dildora Ubaydullayevalar tomonidan yoqildi.
Gulhayo Qobilova
