Macmillandan “Readers” konkursi
Конкурсы, События Май 26th, 2010 |
“Macmillan” ta’limiy nashriyot uyi barcha ingliz tili o’rganuvchi yoshlar uchun “Readers” konkursini e’lon qiladi. Tanlovda g’oliblar har oyning so’nggi juma kunida va mutlaq g’oliblar 2010 yilning 12 noyabrida aniqlanadi.
Tanlovda “Macmillan” ta’limiy nashriyot uyining ishchi xodimlari , mintaqaviy vakillari va maslahatchilaridan tashqari barcha shaxslar ishtirok etish huquqiga ega. Ishtirokchilar “Macmillan” ta’limiy nashriyot uyi tomonidan chop etilgan o’quv qo’llanmalar (“Readers”) haqida maqolalar taqdim etishlari kerak. Boshqa nashriyot uylarining ta’lim yo’nalishidagi o’quv qo’llanmalari bo’yicha maqolalar qabul qilinmaydi. Omadli ishtirokchilarning maqolalari tadbir tashkilotchilarining rasmiy saytida chop etiladi. Bir oyda chop etilgan maqola ikkinchi marta nashrda aks ettirilmaydi. Muayyan oy bo’yicha g’olib deb topilgan ishtirokchilarga belgilangan tartibda sovg’alar bilan taqdirlanadilar. Maqolalar istalgan formatda yaratilishi mumkin, masalan MS Word yoki MS Power Point va boshqalar. Maqolada o’quv materialidan kutilgan natijalar va muallif nazarda tutgan maqsadlar, muayyan material tanlovining sabablari va qisqacha sharhi aks ettirilishi lozim. Lekin maqolalar plagiat holatlarisiz, original tarzda yozilgan bo’lishi shart. Tanlovda qatnashish bepul va nashrga tayyorlash ishlari uchun xarajatlar talab qilinmaydi.
Gulhayo Qobilova
