“Salomatlik kunlari” loyihasi
Акции, Программы Май 25th, 2010 |
Kelajagimiz farovonligini garovi bo’lmish sog’likka e’tiborni kuchaytirish tadbirlari turli davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda o’tkazilib kelinmoqda. Davlatimiz yoshlarini yagona maqsad atrofida jamlagan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashkiloti ham bu borada faol ish olib bormoqda.
Ma’lumki, aholining ko’pchilik qismini, statistik ma’lumotlarga ko’ra 60%ni yoshlar tashkil etadi. Shunga ko’ra, yoshlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ularni jismoniy chiniqtirish va barkamol avlob bo’lib shakllanishiga zamin yaratish, shuningdek, sog’lom farzandlar tug’ilishi , ona va bola salomatligini muhofaza qilish maqsadida “Kamolot” YoIH tomonidan “Salomatlik kunlari” loyihasi amalga tadbiq etildi. Unga ko’ra, haftaning juma kuni “Salomatlik kuni” deb nomlandi. Loyiha dasturiga ko’ra “Salomatlik kuni” doirasida turli o’quv muassasalari, mahallalar, korxona va tashkilotlarda faoliyat ko’rsatayotgan yoshlar o’rtasida targ’ibot-tashviqot ishlari, seminar-treninglar, aktsiyalar va sport musobaqalari va “Salomatligim o’z qo’limda” aktsiyasi tashkil qilinmoqda.
Gulhayo Qobilova
