“Univеrsiada-2010” sport musobaqalari
Соревнования Май 19th, 2010 |
O’zbekiston universitet va institut talabalari o’rtasida o’tkaziladigan “Universiada-2010″ an’anaviy sport musobaqasi” may oyining oxirida go’zal Andijon shahrida bo’lib o’tadi. “Universiada” talabalar sport musobaqasi har 3 yilda bir marotaba o’tkazilib, unda talaba yoshlar o’z viloyatlari sharafini munosib ravishda himoya qiladilar.
Ishonch bilan aytish mumkinki, “Universiada” maktab o’quvchilari uchun tashkil qilingan “Umid nihollari” va “Barkamol avlod” musobaqalarining ramziy davomidir. O’tgan yillar mobaynida mazkur musobaqa, jumladan 2000 yil- Namanganda, 2002yil- Buxoroda, 2004 yil Samarqandda, 2007- yil Toshkentda o’tkazilgan. Aytib o’tish kerakki, navbatdagi universiadaga- “Universiada-2010”ga – mutasaddi tashkilotlar va Andijon viloyati hokimligi tomonidan juda ham qizg’in tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Shuningdek, go’zal Andijon ham 12 viloyat va Toshkent shahridan tashrif buyuruvchi mehmonlarni kutib olishga tayyorlanmoqda. Musobaqa o’z ichiga 12 xil sport turi bo’yicha ayollar va erkaklar bellashuvini olgan. “Univеrsiada-2010” rеspublika sport musobaqalari final bosqichida 1178 nafar sportchilar va 238 nafar murabbiylar 154 nafar hakamlar, 450 nafar ommaviy axborot vositalari vakillari hamda 209 nafar vazirlik, oliy o’quv yurtlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
“Univеrsiada-2010” rеspublika sport musobaqalari final bosqichida 1178 nafar sportchilar, 238 nafar murabbiylar, 154 nafar hakamlar, shuningdеk, vazirliklar, ommaviy axborot vositalari va oliy o`quv yurtlari vakillari – jami 2700 nafardan ziyod mеhmonlarning ishtirok etishi kutilmoqda. Ko’rinib turibdiki, musobaqa juda qiziqarli, hal qiluvchi vaziyatlarga boy va shiddatli ruhda bo’lib o’tadi. “Univesiada-2010” sport musobaqasi ishtirokchilarining barchasiga zafar yor bo’lishini tilab qolamiz.
Gulhayo Qobilova
