O’zbekiston respublikasi Adliya vazirligi OAV xodimlari uchun “Adliya idoralari:OAV nigohida” respublika ko’rik tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda barcha OAV xodimlari, jumladan televideniye,internet,radio jurnalistlar ishtirok etishlari lozim. Ishtirokchilar adliya ishlari batafsil yoritib bergan ishlarini taqdim etishlari lozim.

Tanlovda ishtirokchilarga quyidagi talablar belgilangan:

1. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining mohiyati va maqsadlarini keng jamoatchilikka halqchil tilda yetkazish, adliya tizimi tomonidan huquqiy madaniyatni yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan tadbirlarni markaziy va mahalliy televideniye, radio, bosma nashrlar hamda internet sahifalarida sifatli yoritilishi va mazmundorligini oshirish maqsadida ushbu ko‘rik tanlov Jurnalist va huquqshunoslar uchun e’lon qilinmoqda.

2. Tanlov hay’atiga huquqshunoslar, televideniye va radio hamda internet jurnalistikasida tajribaga ega bo‘lgan jurnalistlar va O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zolari kiradilar.

Yoritilayotgan mavzular quyidagi jihatlar bo’yicha baholanadi:

1) yoritilayotgan masalalarning ijtimoiy-huquqiy ahamiyatini ochish darajasi va uning mazmuni;

2) materialning mavzuga doir va tushunarli berilishi;

3) materialning jozibador va o‘ziga xos berilishi;

4) materiallarda sud-huquq tizimidagi islohotlar ahamiyatining kengroq ochib berilishi;

5) “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi munosabati bilan milliy qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar ahamiyatini yoritish;

6) tizim tarkibiga kiruvchi muassasalar tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar va ularning natijasi haqida;

7) qonun hujjatlarini targ‘ib etish va keng jamoatchilikka ularning mohiyati va maqsadlarini xalqchil tilda yetkazish.

4. Har bir material besh balli reyting tizimi bo‘yicha baholanadi.

5. Taqdim etilgan materiallar miqdori (kamida 3 ta ) bo‘lishi shart

6. Tanlov natijalari hay’at tomonidan har yilning noyabr oyi davomida chiqariladi.

7. Tanlovda nominantlar istalgan mulkchilik shakli va hududiy joylashuvidagi (tuman, shahar, viloyat va respublika) ommaviy axborot vositalarida ishlovchi O‘zbekiston jurnalistlari bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ushbu tanlovda Huquqshunoslar ham ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha g’oliblar aniqlanadi::

1) “Eng yaxshi telelavha”;

2) “Eng yaxshi radioeshittirish”;

3) “Eng yaxshi maqola”;

4) “Eng yaxshi internet materiali ”;

5) “Eng yaxshi videorolik”.

Bundan tashqari, rag‘batlantiruvchi sovrinlar taqdim etiluvchi nominatsiyalar ham nazarda tutilgan.

. Jurnalistlar barcha materiallarni Adliya vazirligi Axborot xizmatiga “Adliya idoralari: OAV nigohida” ko‘rik tanlovi belgisi bilan har yilning 1 noyabrigacha taqdim etishlari zarur.

Tanlov g’oliblariga quyidagi tarzda sovrinlar belgilangan:

1) 3 ta birinchi o‘rin uchun rangli televizor;

2) 3 ta ikkinchi o‘rin uchun diktofon;

3) 3 ta uchinchi o‘rin uchun DVD magnitofoni;

4) 1 ta eng yaxshi internet materiali uchun raqamli fotoapparat;

5) 1 ta eng yaxshi videorolik uchun rangli televizor.

.Shuningdek, g‘oliblarga sovrin va taqdirlanganliklari haqida guvohlik beruvchi diplom ham topshiriladi. Qo’shimcha ma’lumotlar bilan O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining rasmiy saytida ham mavjud.

Gulhayo Qobilova