O’zbekiston ingliz tili o’qituvchilari Assosiatsiyasi (UzTEA) Ingliz tili o’qitish mukammalligi Tanlovida ishtirok etishga taklif etadi. Har bir viloyatdan maktab,kollej, institut va universitet ingliz tili ustozlari ushbu tanlovda ishtirok etishlari qo’llab-quvvatlanadi. Tanlov 2 bosqichda tashkil qilingan bo’lib, final bosqichi 3 iyunda , UzTEAning 2010 yilgi forumi konferensiyasidan oldin o’tkaziladi.Har bir tumandan 1)o’rta ta’lim 2)kollej va litsey 3) institut va universitet yo’nalishida jami 3 ishtirokchi saralanadi. Tuman tanlovidan o’tganlar milliy tanlovda ishtirok etishga taklif etiladi. Ishtirokchilar 2010 yilning 7 mayiga qadar registratsiyalar o’tishlari va tashkilotchilar bilan bog’lanishlari so’raladi. Barcha ishtirokchilar ariza bilan birgalikda talab qilingan esseni topshirishlari shart.  Esse mavzusi − “Nima o’qituvchi yaxshi o’qituvchi qila oladi?”(“What makes a good teacher?”) . Final bosqichi nomzodlari ro’yxati 2010 yil 14 mayda e’lon qilinadi.

Final bosqichi uchun belgilangan qo’shimcha shartlar va registratsiya shakli haqida UzTEA rasmiy saytidan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Gulhayo Qobilova