Respublika bolalar kutubxonasida 2010 yil 29 aprel kuni «XXI asrda bolalar kitobxonligi» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o`tdi. Konferensiyada axborot-resurs markazlari faoliyatini bugungi kun talablari darajasida tashkil etish, o`quvchi-yoshlar orasida kitobxonlikni targ`ib qilish va ularning bilim olishlari uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, axborot-kommunikasion texnologiyalarni tizimga keng joriy qilish kabi masalalar yuzasidan muhokamalar bo`lib o`tdi. Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyani o`tkazishdan asosiy maqsad ham XXI asrda bolalar kitobxonligi sohasidagi masalalarni o`rganish, tahlil qilish, dolzarb muammolarni keng jamoatchilik fikriga havola qilish va soha mutaxassislari bilan muhokama qilishdir. Tadbirda jamoat arboblari, nashriyot mutaxassislari, professor-o`qituvchilar, yozuvchilar, ARM mutaxassislari, maktab kutubxonachilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.