Yaponiya hukumatining stajor-tadqiqotchi stipendiyasi (MEXT)
Стипендии Апрель 29th, 2010 |Yaponiya hukumatining Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnika vazirligi 2011 o’quv yilida yapon universitetlarida Monbukagakusho:MEXT programmasi yordamida stajor-tadqiqotchi sifatida ta’lim olishga taklif etadi. Ishtirokchilar tanlagan tadqiqot mavzulari yapon universitetlarida o’qitiladigan fanlarga bevosita mutanosib bo’lishi shart. Shuning uchun ishtirokchilar yapon universitetlari haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lishlari lozim. Monbukagakusho:MEXT programmasining stajor-tadqiqotchi yo’nalishi ishtirokchilari O’zbekiston fuqarosi bo’lishlari va yoshlari1976 yilning 2 aprelidan kichik bo’lishi kerak. Harbiy va mudofaa sohasi xodimlari, ushbu stipendiya bilan taqdirlanganlariga 3 yildan oshmagan, shaxsan moliyaviy ta’minlangan holda Yaponiyada ta’lim olishni rejalashtirayotgan shaxslar, bir vaqtning o’zida O’zbekiston davlati va boshqa davlatlar programmalarida ishtirok etayotganlar va institut bitiruvchisi holatida belgilangan muddatgacha bitirish imkoniyatiga ega bo’lmaganlar ishtirok etish huquqiga ega emaslar. Stajor- tadqiqotchi yo’nalishi uchun belgilangan o’quv yili muddatlari:
1. 2011 yilning aprelidan 2013 yilning martigacha (2 yil)
2. 2011 yilning oktabridan 2013 yilnig martigacha (1 yil va 6 oy)
Tanlov shartlaridan muvaffaqqiyatli o’tgan ishtirokchilar uchun belgilangan tartibda stipendiyalar ajratiladi. Ta’lim, aviabilet (transport) va kirish imtihonlari xarajatlari Yaponiya hukumati tomonidan to’liq qoplanadi. Ishtirokchilar quyidagi hujjatlari taqdim etishlari lozim:
1. Anketa -3 asl nuxsa
2. Tadqiqot rejasi- 1 asl, 2 kopiya nusxasi
3. Rasm (4.5×3.5sm) oxirgi 6 oy ichda suratga olingani-3 dona
4. Diplomning baholar ilovasi yoki reyting daftarchasidagi har bir o’quv yilining ko’chirmasi-1 asl, 2 kopiya nusxasi
5. Oxirgi ta’lim muassasidan tavsiyanoma (ektor,dekan,professor)-1asl, 2 kopiya nusxasi
6. Hozirgi ish joyidan tavsiyanoma (faqat ishlaydiganlar uchun)- 1asl, 2 kopiya nusxasi
7. Tibbiy ma’lumotnoma-1asl, 2 kopiya nusxa
8. Oliy o’quv yurtini bitirganlik haqidagi diplom-1asl, 2 kopiya nusxasi
9. Dissertatsiya yoki diplom ishining konspekti(tezis)- 1asl, 2 kopiya nusxasi
10. Ishlar yoki sahnaviy namoyishlarning video ko’rinishi (faqatgina musiqa va san’at yo’nalishi mutaxassislari uchun)- 1asl, 2 kopiya nusxasi
Talab qilingan hujjatlarni to’liq va to’g’ri taqdim etgan ishtirokchilar ingliz va yapon tili bo’yicha imtihonlar topshirishadi. Hujjatlar 4 iyungacha Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasiga 09:00 dan 13:00 gacha va 14:30 dan 18:00 gacha taqdim etilishi shart. Qo’shimcha ma’lumotlar uchun va anketa to’ldirish jarayonida savollar paydo bo’lgan hollarda elchixonaning madaniyat va ma’lumot bo’limiga murojaat etishingiz mumkin.
Qobilova Gulhayo.
