“Lochin” – musobaqa g‘olibi
Соревнования Апрель 28th, 2010 |An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Shunqorlar” harbiy-sport o‘yinlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi yakunlandi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada tanlovning hududiy bosqichi g‘oliblari – 1-Nukus tibbiyot kollejining “Lochin”, Qorao‘zak tumanidagi iqtisodiyot kasb-hunar kollejining “Turon”, Amudaryo tumanidagi qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejining “Jangovar”, Qanliko‘l tumanidagi sanoat-transport kasb-hunar kollejining “Shunqorlar” jamoalari kuch sinashdi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy xizmatga tayyorlash maqsadida o‘tkazib kelinayotgan musobaqada ishtirokchilarning safda yurish, ma’naviy-siyosiy bilimlari, jismoniy, merganlik, fuqaro muhofazasi, tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorgarligi sinovdan o‘tkazildi.
Nukus tibbiyot kollejining “Lochin” jamoasi birinchi o‘rinni egallab, tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
manba: uza.uz
