Kuchlilar ko‘rigi
Соревнования Апрель 28th, 2010 |Buxoro shahridagi olimpiya zaxiralari sport kollejida 400 nafardan ziyod polvon ishtirokida kurash bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvlar yakunida o‘z vazn toifalarida poytaxtliklar – O‘ktam Ergashev, Yahyo Imomov, Baxtiyor Mengliqulov, samarqandlik Suhrob Xudoyberdiyev, Buxoro viloyati vakili Fayoz Fayzullayev hamda Toshkent viloyatidan Sherali Jo‘rayev birinchi o‘rinni egalladi. Mutlaq vaznda samarqandlik polvon Oybek Toshpo‘latovga qarshi gilamga tushgan buxorolik Shirin Sharipov mahoratda tengsizligini namoyish etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Qizlar bahsida Toshkent shahri vakilasi Muqaddas Kubayeva, samarqandlik Nodira G‘ulomova, poytaxt viloyatidan Shohida Nazarova va O‘g‘iloy Nuraliyeva, qashqadaryoliklar – Munisa Muratova, Obida Allado‘stova, surxondaryolik Xolida Murodova, mezbonlardan Shahlo Tursunova g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.
Musobaqa g‘oliblari Osiyo chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
manba: uza.uz
