O`zbekiston-Yaponiya Markazi Yapon tili kurslariga qabul e’lon qiladi. Yapon tilini o`rganishni davom ettiruvchilar uchun qabul). Mashg`ulotlar 2010 yil 6 sentabrdan boshlanadi.

Qabul shartlari:  
☆ kerakli hujjatlarning (quyida qarang) vaqtida topshirilishi
☆ kirish imtihonining muvaffaqiyatli topshirilishi (*har bir o`quv bosqichiga taaluqli darslik, kerak bo`lgan bilim darajasi va b. ma’lumotlarni, 6-chi qavatdagi e’lonlar taxtasida 2 avgust (dush.), soat 10:00 da osib qo`yiladigan “Yapon tili kurslariga imtihon topshirish normativlari” da ko`ring)

O`quvchilar yoshi:
O`smirlar guruhi: 10 ~13 yosh
Kattalar guruhi: 14 yosh va undan kattalar

Mashg`ulotlar vaqti: o`quv bosqichiga qarab belgilangan (anketada qarang)
Qabulning amalga oshirilish tartibi

Anketa – arizaning tarqatilishi va qabuli 2010y., 2 avgust (dush) ~ 13 avgust (juma),
10:00 ~ 17:30 (13:00~14:30 tushlik vaqti)
Kirish imtihoni kuni 2010 y., 19 avgust (paysh.) (1)
Guruhlarga qabul qilinganlik haqida natijalar  2010 y.,  26 avgust (paysh.) 15:00 dan so`ng (2)
O`qish to`lovi (3 oyga 84 000 so`m)  2010 y.,  26 avgust (paysh.)~ 30 avgust (dush.)
(1) Imtihon o`tkazilish vaqtini anketada qarang.
(2) Natijalar O`zbekiston-Yaponiya Markazining 6-qavatidagi vestibyulida e’lonlar taxtasiga osib qo`yiladi
(anketa-arizada qayd etilgan raqamga binoan).

Kerakli hujjatlar:
1 Anketa-ariza 1 dona
2 Fotosurat (3х4)   2 dona (3)
3 Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida ro`yxatga olinganlik to`g`risidasi shtamp tushirilgan pasport nusxasi 1 dona

(3) Fotosuratlarning biri anketa-arizaga yopishtirilishi, ikkinchisi esa pasport nusxasi bilan birga ilova qilinishi lozim.

To`liq ma’lumot olish uchun O`zbekiston–Yaponiya Markaziga murojaat qiling.
Manzil: A.Temir ko`chasi, 107-B, Xalqaro Hamkorlik Markazi, 6-qavat., tel: 237-48-62/ 63/ 69
Murojaat uchun shaxs: Azizova Kamola