Yapon tili kurslariga qabul boshlandi
Программы Июль 19th, 2010 |O`zbekiston-Yaponiya Markazi Yapon tili kurslariga qabul e’lon qiladi(Yapon tilini o`rganishni endi boshlaydiganlar uchun qabul). Mashg`ulotlar 2010 yil 6 sentabrdan boshlanadi, to`liq o`quv muddati – 3 akademik o`quv yili.
Qabul qilinish shartlari:
☆ kerakli hujjatlarning (quyida qarang) vaqtida topshirilishi
☆ konsultatsiya vaqtida mustaqil o`rganish uchun beriladigan topshiriq yuzasidagi imtihonning muvaffaqiyatli topshirilishi (quyida qarang)
O`quvchilar yoshi:
O`smirlar guruhi: 10 ~13 yosh
Kattalar guruhi: 14 yosh va undan kattalar
Mashg`ulotlar vaqti:
O`smirlar guruhi: dushanba, chorshanba, juma (15:30-16:50).
Kattalar guruhi: dushanba, chorshanba, juma (10:00-11:20,15:30-16:50,17:10-18:30,18:45-19:00).
Qabulning amalga oshirilish tartibi:
Anketa-arizaning tarqatilishi va uning qabuli 2010y., 2 avgust (dush) ~ 13 avgust (juma),
10:00 ~ 17:30 (13:00~14:30 tushlik vaqti)
Konsultatsiya o`tkazilish kuni 2010 y., 17 avgust (sesh.) (Markazda) (1)
Kirish imtihoni 2010 y., 24 avgust (sesh.) (1)
Guruhga qabul qilinganlik to`g`risidagi natijalar 2010 y., 26 avgust (paysh.) 15:00 dan so`ng (2)
Kurs to`lovining qabuli (3 oyga 84 000 so`m) 2010 y., 26 avgust (paysh.)~ 30 avgust (dush.)
(1) Konsultatsiya va imtihonning o`tkazilish vaqtini anketada qarang.
(2) Natijalar O`zbekiston-Yaponiya Markazining 6-qavatidagi vestibyulida e’lonlar taxtasida osib qo`yiladi
(anketa-arizada qayd etilgan raqamga binoan).
Kerakli hujjatlar:
1 Anketa-ariza 1 dona
2 Fotosurat (3х4) 2 dona (3)
3 Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida ro`yxatga olinganlik to`g`risidasi muhr tushirilgan pasport nusxasi 1 dona
(3) Fotosuratlarning biri anketa-arizaga yopishtirilishi, ikkinchisi esa pasport nusxasi bilan birga anketaga ilova qilinishi lozim.
* Kurslarga kiruvchilar soni ko’p bo’lgan holda litsey, institut va boshqa ta’lim muassasalarida yapon tilini o`rganmayotgan shaxslar ustun turadilar.
To`liq ma’lumot olish uchun O`zbekiston –Yaponiya Markaziga murojaat qiling.
Manzil: A.Temir ko`chasi, 107-B, Xalqaro Hamkorlik Markazi, 6-qavat, telefonlar: 237-48-62/ 63/ 69
Murojaat uchun shaxs: Azizova Kamola
